Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ravshan Ermatov: «Qatardan o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p»

Ravshan Ermatov: «Qatardan o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, Qatar futbol assosiasiyasining taklifiga binoan O‘zbekiston futbol mutaxassislari guruhi Qatarda bo‘lib turishibdi. Ushbu tashrif davomida vakillarimiz klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining tashkiliy masalalari, bo‘lajak 2022 yilgi Mundialga tayyorgarlik, yosh futbolchilar bilan ishlash tajribasi va yana qator yo‘nalishlar borasida o‘z tajribalarini oshirishmoqda.

O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ushbu safar borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Qatar ayni vaqtda Osiyoda futbol borasida eng jadal rivojlanayotgan mamlakatlardan biri. 10 yillar avval futbol kelajagi uchun tashlangan to‘g‘ri qadamlar sababli, bugungi kunda qatarliklar natijalarni yaxshilab olishdi. “Aspire” akademiyasiga 2006 yilda asos solindi. Ispaniya kabi futbol borasida yetakchi mamlakatlardan bolalar va o‘smirlar futboli mutaxassislari akademiyaga ishga taklif etildi. Mana, 2019 yilda Qatar Osiyo kubogi g‘olibiga aylandi. Undan tashqari dunyoning eng nufuzli turnirlariga ham mezbonlik qilmoqda. Bunga erishish uchun esa Qatar eng zamonaviy va yuqori darajadagi futbol infratuzilmasini barpo etdi.

Shu sababli ham ishga professional yondoshuv, samaradorlikka erishish, tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida biz ushbu hamkorlarimizdan o‘rgana oladigan tomonlarimiz ko‘p.

Qatar futbol assosiasiyasi prezidenti Shayx Hamad bin Halifa bin Ahmad al-Tani bilan bo‘lgan uchrashuvimizda ham biz o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kuchaytirish borasida kelishib oldik. Ayniqsa terma jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro bellashuvlar, murabbiylar tajribasini oshirish, malaka oshirish, bolalar va o‘smirlar futboli hamda yana bir qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha Qatar bilan hamkorligimiz yanada kuchayadi".

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:29, 22.12.2019.
O'qildi: 1871 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.