Londonning "Tottenxem" klubi “Chelsi” klubiga qarshi o‘yinda mehmonlar himoyachisi Antonio Ryudigerga nisbatan irqchilik ruhidagi munosabat borasida ish boshlaganini rasman e’lon qildi.
"Klub rasman tergov ishlarini boshlaydi. Biz stadionimizda irqchilik ruhidagi munosabatga toqat qilolmaymiz. Eng qattiq jazolarni qo‘llashga tayyormiz", — deyiladi "Tottenxem" klubining rasmiy bayonotida.













