Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Konor Makgregorning navbatdagi jangi uchun chiptalar bir kunda sotilib ketdi

Konor Makgregorning navbatdagi jangi uchun chiptalar bir kunda sotilib ketdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

UFCʼning asosiy jangida irlandiyalik Konor Makgregor ishtirok etadigan navbatdagi turniri uchun chiqarilgan chiptalar 24 soatda sotilib ketdi. Bu haqda jurnalist Kevin Ayol tashkilot rahbari Deyn Uaytga asoslanib xabar berdi.

31 yoshli Makgregor va amerikalik Donald Serrone o‘rtasida yarim o‘rta vaznda bo‘lib o‘tadigan bellashuv UFC 246 turnirining asosiy jangiga aylanadi. Musobaqa 2020 yil 19 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Ayolning aytishicha, bir kundayoq sotilib ketgan chiptalardan 10 million dollar foyda kelib tushgan.

29 noyabr kuni Makgregorning navbatdagi raqibi Serrone bo‘lishi ma’lim qilingandi. Amerikalik jangchi UFCʼda g‘alabalar soni bo‘yicha rekordchi sanaladi — 23 ta. Irlandiyalik sportchi esa oktagonga qaytishini Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgandi.

Xabaringiz bor, uning shu paytgacha oxirgi jangi 2018 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda u rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedovga yutqazib qo‘yib, yengil vaznda UFC chempioni maqomini qaytarib olishning uddasidan chiqa olmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor ikki vazn toifasida UFCʼning sobiq chempioni hisoblanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:39, 23.12.2019.
O'qildi: 3957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик