Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

So‘nggi 5 yillikning eng omadsiz transferlari

So‘nggi 5 yillikning eng omadsiz transferlari

Baho:
+ | -

2015-yilda Italiyaning “Fiorentina” jamoasidan 31 million yevro evaziga "Chelsi" tomonidan sotib olingan Xuan Kuadrado ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak

“Chelsi” jamoasi safiga kelguniga qadar, “Fiorentina”da chinakamiga porlagan yarim himoyachining iqtidoriga hech kimda shubha yo‘q edi. Xuan Italiyada ikkita qanotda ham birdek faol o‘yin ko‘rsatuvchi, va hujumdan toritib himoya chizig‘iga qadar bo‘lgan katta bo‘shliqni bir o‘zi to‘ldira oladigan futbolchi sifatida nom qozongani bois, “aristokratlar” kolumbiyalik futbolchini o‘ylab o‘tirmay xarid qiladi.

Afususki, APLdagi kuchli pressingga dosh bera olmagan Kuadrado asta-sekin o‘yin suratidan tushib qolishni boshlaydi. O‘zining ilk uchrashuvlarida-ku, futbolchi umuman o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. O‘sha yili “The Sun” nashri, Kuadradoning “Chelsi”ga o‘tishini yilning eng omadsiz transferi deb e’lon qilgan edi. Eng qizig‘i shundaki, “Chelsi” bu transferdan katta talofot ko‘rmadi va ko‘p o‘tmay qahramonimizni “Yuventus”ga 25 million evaziga pullab yubordi.

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu transferni eng omadsizlaridan biri bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Bugun ana shunday omadsizlikka uchragan transfer haqida so‘z boradi.

Toma Lemar

O‘tgan mavsumda “Atletiko Madrid” tomonidan 70 million evaziga xarid qilingan hujumchidan “matraschilar” juda ko‘p narsa kutishgan edi. Lemar yangi jamoasiga amaldagi JCH g‘olibi sifatida tashrif buyurgan bo‘lishiga qaramay, mavsumni juda yomon o‘ktazdi. 40 ta uchrashuvda maydonga tushgan Lemar atigi 3 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qildi xolos. Fransiyalik futbolchini xarid qilishni shaxsan Antuan Grizmanning o‘zi klubdan iltimos qilgan edi. Klub o‘z yetakchisining so‘zlarini yerda qoldirmadi va “Monako” klubi g‘aznasiga 70 millionni o‘tkazib berdi. Afsuski, o‘z tejamkorligi bilan dong taratgan “Atletiko Madrid” ham transferlar borasida adashganini tan oldi. Ushbu mavsumda ham kutilganidan past darajada o‘ynayotgan Toma Lemar tez orada jamoasini o‘zgartirsa, ajab emas.

Anhel Di Maria

 

Qayta qurishni boshdan kechirayotgan “Manchester Yunayted”ning yangi yulduzi bo‘lish tahmin qilingan Anhel Di Marianing transferi haqida uzoq so‘zlash mumkin. 2014-yilda “Real Madrid”dan 75 million yevro evaziga harid qilingan argentinalik futbolchi jamoaning yangi Ronaldusi bo‘lishi va tez orada “qizil iblislar”ni avvalgi darajaga olib chiqishi tahmin qilingan edi. Afsuski, barchasi tubdan o‘zgarib ketdi. APLning shiddatli o‘yiniga moslasha olmagan yarim himoyachi kuchli pressing ostida o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Lui van Gal tomonidan bir nechta nuqtalarda sinab ko‘rilganiga qaramay, klub uchun hech qanday naf keltirgani yo‘q. "Manchester Yunayted" barchasini to‘g‘ri tushundi va ilk imkoniyat paydo bo‘lishi bilan Di Mariani PSJga sotib yubordi.

Aleksis Sanches

 

2017-yilda jamoa safiga kelib qo‘shilgan Aleksis Sanchesni chinakamiga eng omadsiz transferlardan biri desak, adashmagan bo‘lamiz. Chililik futbolchi nafaqat “qizil iblislar”ga foyda keltirdi, balki ichk muhitning ham buzilishiga sabab bo‘ldi. “Manchester Yunayted” o‘zi uchun deyarli befoyda bo‘lgan futbolchi uchun Geynrih Mxtiryandan voz kechgani yetmagandek, Sanchesni eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylantirib qo‘ydi. Oqibatda, De Xea va Pogba singari yetakchilar maoshlarini oshirilishini talab qila boshlashdi. Armanistonlik futbolchi “Arsenal” safida yo‘qolib qolmagani esa, Sanchesga bo‘lgan bosimni yanada oshirib yuborgani turgan gap. Sanches Mourino qo‘l ostida umuman o‘zini ko‘rsata olmadi. Jamoa tepasiga Sulsher kelgach ham vaziyat o‘zgargani yo‘q. Klub uning sotmoqchi bo‘ldi, biroq birorta klub yiliga 10 milliondan ortiqroq maosh oluvchi befoyda hujumchi uchun pul sarflashni istamadi. Bechora “Manchester Yunayted” esa, uning maoshining bir qismini hali ham to‘lashda davom etmoqda.

Filipo Koutinyo

 

“Barselona” jamoasi tarixidagi eng qimmat futbolchilardan biri sanaluvchi Filipo Koutinyoning transferi o‘zini oqlamganidan xabaringiz bor. Ayni damda “Bavariya” jamaosida ijara asosida to‘p surayotgan yarim himoyachining kelajagi qaysi klubda davom ettishi haligacha aniq bo‘lgani yo‘q. Katoloniyadagi faoliyati davomida aytarli hech narsaga erisha olmagan braziliyalik futbolchi klub falsafasiga 100 foiz mos tushishi kutilgan edi. Tehnik yetuk yarim himoyach uchun “Barselona” kerakli pozitsiyani yaratib bera olmagani achinarli. Qishki transferlar chog‘ia 135 million yevro evaziga sotib olingan Koutinyo jamoada Neymarning o‘rnini to‘ldirishi ko‘zda tutilgan edi, biroq barchasi boshqa tomonga burilib ketdi. Ish shu darajaga borib yetdiki, Koutinyo kariyerasini qutqarib qolish maqsadida rahbariyatdan qo‘yib yuborishlarini iltimos qildi. Omadsiz mavsumdan so‘ng, futbolchini hech kim 100 million yevroga sotib olishni istamadi. Oqibatda, Koutinyo “Bavariya”ga ijara asosida yo‘l olishga majbur bo‘ldi. Eng achinarlisi shundaki, Koutinyo Myunhen klubining kuchsiz davrida jamoaga kelib qo‘shildi. Hozir vaziyat biroz o‘nglangan bo‘lsada, nemis klubi Koutinoni sotib olish haqida rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q.

Andrea Gomesh

Ispaniyaning “Valensiya” klubidagi o‘rtamiyona o‘yiniga qaramay, Katoloniya klubi tomonidan xarid qilingan Andreya Gomeshning ham tranferini omadsizlar qatoriga qo‘shsak, adashmagan bo‘lamiz. “Barselona” safiga 2016-yilda 40 million yevro evaziga o‘tgan yarim himoyachi klub safiga kelgan Chigrinskiy va Ibrahimovich singari hech narsaga ersha olmadi. Yarq etib ko‘zga tashlanib turmaydigan futbolchi uchun “Barsa” nima uchun shuncha pul sarf etgani jumboqligicha qolmoqda. “Everton” jamaosining ham yetakchisi bo‘la olmagan qahramonimizdan Kataloniyada nima kutishgan edi?

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:14, 26.12.2019.
O'qildi: 4085 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.