«Barselona» hujumchisi Lionel Messi o‘zining La liga tarixidagi eng yaxshi to‘purar ekani borasida fikr bildirdi.
«Eto′O menga ko‘p aytar edi: «Birinchi golni urib olsang, ishlaring yurishib ketadi.
Gap shundaki, Samuel faoliyatining dastlabki paytida ko‘p vaziyatlarga ega bo‘lib, lekin gol ura olmagan. Gollar hisobini ochganidan keyin esa ko‘plab gollar urgan.
La liga tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish, bu musobaqaning Ispaniyada qanday ahamiyatga ega ekanini inobatga olganda, men uchun juda muhim. O‘ylaymanki, bu mening rekordlarimning eng chiroylisi», – dedi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Messi Ispaniya chempionatida 432ta gol urgan.