Kirish Ro'yxatdan o'tish

Robert Levandovski «Barselona»ni tark etishini rasman e’lon qildi

Robert Levandovski «Barselona»ni tark etishini rasman e’lon qildi

Baho:
+ | -

Polshalik hujumchi Robert Levandovski «Barselona»dan ketishini rasman ma’lum qildi.

37 yoshli futbolchi Kataloniya klubida to‘rt mavsum harakat qildi. Shu vaqt davomida u 191 ta uchrashuvda maydonga tushib, 119 ta gol urdi.

Levandovski «Barselona» bilan birga:

— 3 marta Ispaniya chempioni,
— Ispaniya Kubogi sohibi,
— 3 karra Ispaniya Superkubogi g‘olibi bo‘ldi.

Futbolchi o‘z qarori haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.

“Sinovlar va og‘ir mehnatga to‘la to‘rt yildan keyin oldinga harakat qilish vaqti keldi. Men o‘z vazifamni bajardim degan his bilan ketyapman.

Muxlislardan ilk kunlardanoq olgan mehrimni hech qachon unutmayman. Kataloniya — mening yerdagi uyim. Bu ajoyib to‘rt yil davomida uchratgan barcha insonlarga rahmat”, — deb yozdi Levandovski.

Shuningdek, hujumchi klub prezidenti Joan Laportaga ham alohida minnatdorlik bildirib, unga «Barselona»ning bir qismi bo‘lish imkoniyatini bergani uchun tashakkur aytdi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 16:47, 16.05.2026.
O'qildi: 1612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик