Kirish Ro'yxatdan o'tish

Angliya kubogi. «Mancheter Siti» Semenyoning chiroyli goli evaziga finalda «Chelsi»ni mag‘lub etdi

Angliya kubogi. «Mancheter Siti» Semenyoning chiroyli goli evaziga finalda «Chelsi»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Angliya Kubogi 2025/2026 mavsumi finalida «Manchester Siti» «Chelsi»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, mavsumdagi ikkinchi sovrin sohibiga aylandi.

Uchrashuv Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdagi yagona yagona gol 72-daqiqada Antuan Semenyo tomonidan kiritildi. Xoland tomonidan qanotdan yetkazilgan to‘pni Semenyo tovoni bilan darvozaga burib yubordi va chiroyli gol muallifi bo‘ldi.

Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa gol urish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Ammo klublar vaziyatlardan foydalana olishmadi.

Abduqodir Husanov bugungi bahsni asosiy tarkibda boshlab, o‘yin oxirigacha maydonda harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" mart oyida Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgan edi. "Shaharliklar" ushbu musobaqa finalida "Arsenal"ni mag‘lub etgan edi (2:0).

Angliya kubogi. Final
16 may 2026, shanba. 19:00.
London, Angliya. «Uembli» stadioni
Chelsi — Manchester Siti — 0:1
Gol: 0:1 Semenyo – 72'
Chelsi: Sanches, Fofana, Koluill, Xato, Gyusto, Djeyms, Kukurelya, Kaysedo, Enso Fernandes, Palmer, X. Pedro
Manchester Siti: Trafford, Nunes, Husanov, Gexi, O’Rayli, Rodri, Bernardu Silva, Semenyo, Marmush, Doku, Xoland
Bosh hakam: Darren Ingland (Angliya)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:03, 16.05.2026.
O'qildi: 1540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик