Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev blogi: "Mersisaydning ikkinchi jamoasi ham uyg‘onish vaqti keldi"

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev blogi: "Mersisaydning ikkinchi jamoasi ham uyg‘onish vaqti keldi"

Baho:
+ | -

Uzoq vaqtdan so‘ng, “Everton”da chinakam mashxur murabbiy ishlaydigan bo‘ldi. “Chelsi”, “Milan”, “Real Madrid”, “Bavariya” va PSJ singari grandalarda faoliyat olib borgan Karlo Anchelotti “Everton” bilan 2024-yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Mavsum boshida “iris”lar tarkibni kuchaytirish maqsadida 120 million yevro sarflashdi, biroq musobaqa ekvatoriga yaqin qolgan bir paytda havfli zonaga juda yaqin joydan o‘rin olishganidan xabaringiz bor. Markus Silvaning iste’fosidan so‘ng, vaqtinchalik murabbiylik vazifasini bajargan Dankn Fergusson kutilmaganda omadli start oldi. “Arsenal” va “Manchester Yunayted”ga qarshi bahslarda durang qayd etgan qahramonimiz “Chelsi”ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Qisqacha qilib aytganda, jamoa kichik ko‘tarilishni boshdan o‘tkazmoqda. Shunday bo‘lsada, “Everton”damuammolari yetarlicha topiladi. Bugun Italiyalik murabbiy e’tibor qaratishi shart bo‘lgan omillar haqida so‘z boradi.

Himoyada tartib o‘rnatish

Italiyalik murabbiylar o‘zlarining himoyavaviy uslublari bilan nom qozonishgan desak, adashmagan bo‘lamiz. “Everton” mudofasidagidagi kemtiklarni to‘ldirish uchun Anchelottining boy tajribasi qo‘l kelishi lozim. Markus Silva boshchiligida liverpulliklar 15 ta uchrashuvda 27 bor o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishdi. O‘rtacha har bir o‘yinda 2 tadan gol degani! Bu gollarning aksariyati standart vaziyatlardan o‘tkazib yuborilganini inobatga olsak, birinchi navbatda aynan shu faktor ustida ishlash talab etiladi. Markaziy himoyadagi Mina va King uchun katta summa to‘langan bo‘lsada, ular ishonchli so‘ziga sinonim o‘yin namoyish etishmayapti. Anchelotti to‘p bilan munosabatda bo‘lishni xush ko‘ruvchi himoyachilarga suyanib jamoa tuzishini inobatga olsak, tez orada King o‘z o‘rnini Holgeytga bo‘shatib berishi kutilmoqda. Shuningdek, katta ehtimol bilan transfer oynasi ochilishi bilan murabbiy sifatli markaziy himoyachi xarid qilaisha darkor. Axir yaxshi jamoaning himoyasi ham yaxshi bo‘lishi kerak.

Moyze Kingga imkoniyat berish lozim

“Everton” italiyalik hujumchini kelajak porloq bo‘lgani uchun xarid qilgan bo‘lsada, uni zahira o‘rindig‘iga mixlab qo‘ydi. Kin bilan ishlagan ikkita murabbiy ham uning imkoniyatlariga ishongani yo‘q. Dankn Fergusson “Manchester Yunayted” bilan bahsning 70-daqiqasida Moyzeni maydonga tushirgan bo‘lsa, 87 daqiqada yana zahiraga oldi. Mavsumning deyarli yarmi ortda qolgan bo‘lsada, Moyze atigi ikki bor asosiy tarkibda ko‘rinish berdi va bir bor maydonda to‘liq harakatlandi. Bundan ko‘rinib turibdiki, shu kunga qadar Yevropaning eng iqtidorli futbolchilaridan biriga hali-hamon ishonch bildirilganicha yo‘q. Yosh hujumchining endigina 19 yoshga qadam qo‘yganini inobatga olsak, tajribali murabbiy o‘z vatandoshidan unumli foydalanishi shart. Agarda Anchelotti Moyze Kinga kerakli impuls bera olsa, hujumchi “Everton” jamoasi uchun katta naf keltirishi turgan gap.

Risharilsonni saqlab qolish

APLda “Everton”ning ishlari yurishmayotganiga qaramay, jamoa hujumchisi Risharilson Braziliya terma jamoasidan muntazam chaqiruv olib kelmoqda. To‘g‘ri, futbolchi jamoa bilan tuzilgan shartnomani 2024-yilga qadar cho‘zdi, biroq “Everton”ning yaqin orada grandlar qatoriga kirmasligini ich-ichidan sezib turibdi. Shunday ekan, istalgan paytda o‘z jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Ochig‘i uni tushunsa bo‘ladi. 22 yoshlik futbolchi o‘tgan mavsumda “Everton”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan bo‘lsa, ushbu mavsumda ham qolganlardan ko‘ra ko‘proq gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Agarda, Karlo ota Risharilsonning atrofida jamoani shakillantirsa va ushbu taktik uslubda Moyze Kingga ham joy topa olsa, bu hujumchilar tandem ulkan g‘alabalar keltirishi hech gap emas.

Yoshlarga ham imkon va kerakli transferlar

Jamoa rahbari Farhod Masheri Anchelottining transferlari uchun juda katta pul ajratmochi ekanligini ma’lum qildi. Shu o‘rinda eslab o‘tish joiz “Everton” o‘tgan mavsum oldidan transferlar uchun 200 million yevrodan ko‘proq sarflagan bo‘lsada, APLda faqat 8-o‘rinni egallagan edi. Endilikda Anchelotti bu xatoni tarkrorlamasligi va tarkibdagi bo‘shliqni yangi xaridlar bilan to‘ldirishi shart. Shu o‘rinda, klub akademiyasidan chiqqan futbolchilarni ham bir chetga surib tashlash insofdan emas. Tom Devis, Holgeyt va boshqa yigitlar ayni damda klub uchun eng foydali bo‘layotgan o‘yinchilar sirasiga kirishmoqda. Qisqacha qilib aytganda, murabbiy transferlardan unumli foydalanishi va jamoa suyagini yangilamasligi shart. Agarda ushbu ikki omil o‘rtasida uyg‘unlik aks etsa, “Everton” mavsum so‘ngiga qadar chinakam g‘alaba mashinasiga aylanishi Shubxam yo‘q.

G‘alaba ruhi

Markus Silva qo‘l ostida futbolchilar mag‘lubiyatni oddiy qabul qilishga o‘rganib hamqolganiga barchamiz guvoxbo‘ldik. Dankn Fergussonning kelishi barchasini o‘zgartirib yuborgani darrov bilindi.

Futbolchilar yangi murabbiy qo‘l ostida o‘zlari tushib qolgan botqoqdan chiqib ketish uchun bor kuchlari bilan harakat qilishga tushib ketishdi. Himoyada tartib o‘rnatildi, pressingda faolroq o‘ynaldi. Shu kichik ommilar ham jamoaga kuchli raqibalrdan ochko tortib olish imkoniyatini yaratganini barcha ko‘rdi. O‘z-o‘zidan o‘rinli savol paydo bo‘ladi. Yaxshi start olgan mahaliy murabbiyni avvalgi ikkita ish joyida iste’foga chiqarilgan xorijlik bilan almashrish to‘g‘ri qarormi? Bu savolga o‘ylab o‘tirmasdan ha deb javob berish mumkin. Anchelotti doimmo o‘z falsafasini futbolchilarga tezda singdira olgani bilan mashxurlikka erishgan. Boz ustiga, Anchelottining kelishi futbolchilarda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchning to‘liq qaytishiga sabab bo‘lishiga shubxa yo‘q. Uning futbolchilar bilan tezda til topishib ketishi ham “Everton” foydasiga ishlashi aniq. Quvonarlsi shundaki, Anchelotti Dankn Fergussonni o‘z shtabida olib qoldi. Bu futbolchilarda unga bo‘lgan ishonch xissini yanada oshiradi. Umid qilamizki, yangi murabbiy APLning uyqudagi grandini uyg‘ota oladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:52, 27.12.2019.
O'qildi: 3428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.