Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

APL. «Vulverxempton» «Man Siti»ni yana bir marta mag‘lub etdi (videosharh)

APL. «Vulverxempton» «Man Siti»ni yana bir marta mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+1 | -

Angliya chempionatining ushbu mavsumida barcha narsa "Liverpul"ning chempionligi uchun qarab ketmoqda. Mersisaydliklarning asosiy raqibi — «Manchester Siti» "Boxing Day"ngi mag‘lubiyat bilan boshladi. «Vulverxempton» o‘z uyida "shaharliklar"ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida mezbonlar olis masofadan uzatma berib, hujumchini yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. "Vulverxempton" futbolchisi jarima maydonini tark etgan Edersonning ustidan to‘pni oshirib o‘tdi, ammo darvozabon uni yiqitdi. Hakam esa posbonga darhol qizil kartochka ko‘rsatdi. Serxio Ageuroning o‘rniga ikkinchi darvozabon Klaudio Bravo tushirildi.

Bahsning 21-daqiqasida Rahim Sterling raqib jarima maydoni ichida yiqitildi. Hakam dastlab qoidabuzarlik yo‘qligiga ishora qilgan edi. Ammo VAR bilan uzoq maslahatlashuvdan keyin penalti belgiladi. Rahimning zarbasini Ruy Patrisiu qaytardi, qaytgan to‘pni Sterlingning o‘zi darvozaga joyladi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Rahim darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqib ketib, to‘pni posbonning ustidan oshirgancha darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 5 daqiqa o‘tib mezbonlar maydon markazida Sterlingdan to‘pni olib qo‘yishdi va Adama Traore olis masofadan zarba berib, hisobni qisqartirdi.

O‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida «Vulverxempton» raqib darvozasini 2 marta ishg‘ol qilib, g‘alabani ilib ketdi. Dastlab Mendi o‘z jarima maydoni ichida to‘pni hujumchiga oldirib qo‘ydi va darvoza maydoniga yetkazilgan uzatmani Ximenes to‘rga joyladi. So‘ngra mezbonlar himoyachisi Doerti jamoadoshi bilan devor o‘ynab, jarima maydoniga yaqinlashdi va Messi uslubida zarba yo‘llab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng «Vulverxempton» 30 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Bo‘rilar" birinchi davra o‘yinida ham "Siti"ni mag‘lub etgan edi.

«Manchester Siti» esa 38 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. Gvardiola jamoasi peshqadam «Liverpul»dan 14 ochko ortda qolmoqda. Klopp jamoasi hisobida bitta zaxira o‘yini bor.

Angliya premyer-ligasi, 19-tur
Vulverxempton – Manchester Siti 3:2 (0:1, 3:1)
Gollar: 0:1 – 25 Sterling, 0:2 – 50 Sterling, 1:2 – 55 Traore, 2:2 – 82 Ximenes, 3:2 – 89 Doerti.
Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Dendonker, Koudi, Saiss, Doerti, Ruben Nevesh, Moutinyu, Kastro (Ruben Vinagre, 73), Traore, Ximenes (Bennett, 90), Diogu Jota (Netu, 79).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Fernandinyo, Mendi, Rodri Ernandes, Bernardu Silva, Marez (Erik Garsiya, 46), de Bryuyne (Gyundogan, 67), Sterling, Aguero (Bravo, 14).
Ogohlantirish: Otamendi (60).
Chetlatish: Ederson (12).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:31, 28.12.2019.
O'qildi: 10137 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.