Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan Qatar bilan o‘yin o‘tkazadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan Qatar bilan o‘yin o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini Birlashgan Arab Amirliklarida olib bormoqda.

Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda. Qolaversa, yig‘in doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlari ham tashkil etilmoqda. Hozirga qadar terma jamoamiz BAA yig‘ini doirasida 3 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va uchala bahsda ham g‘alaba qozondi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 1 yanvar sanasiga qadar Dubayda mashg‘ulotlar olib boradi. Ertaga BAA 1-divizioni vakili – “Al-Hamriya” klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi.

So‘ngra terma jamoamiz 1 yanvarda Tailandga yo‘l oladi. Musobaqa oldidan yakuniy o‘rtoqlik o‘yini esa 3 yanvar kuni Bangkokda Qatar olimpiya termasiga qarshi o‘tkaziladi.

Qatar bilan o‘yindan keyin terma jamoamiz musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadigan Songxla shahriga yo‘l oladi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi qit’a chempionatidagi ishtirokini 9 yanvar kuni Eronga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Songxla shahridagi “Tinsulanon” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:16, 28.12.2019.
O'qildi: 3690 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик