Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Otabek G‘ulomxo‘jayev «Navbahor»da ish boshladi

Otabek G‘ulomxo‘jayev «Navbahor»da ish boshladi

Baho:
+1 | -

Xabaringiz bor, yakunlangan mavsumning 2-davrasidan boshlab, Namanganning “Navbahor” klubida o‘sha paytda O‘zbekiston U-19 yoshlar bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan yosh va mahoratli  mutaxassis Otabek G‘ulomxo‘jayev seleksioner murabbiy sifatida ish boshlagandi.

Ushbu mutaxassis borasida to‘liqroq to‘xtaladigan bo‘lsak, Otabek G‘ulomxo‘jayev 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

O‘z paytida futbolchi sifatida faoliyat yuritib, Toshkentning “Mirobod” (2-liga, 1999 yil), shuningdek, o‘sha paytda O‘zbekiston chempionatining oliy ligasida ishtirok etgan “Traktor” (Toshkent) klubining o‘rinbosarlar (2000 yil), bundan tashqari, Andijonning “Andijon” (2001 - 2002 yillar) jamoalarida to‘p surgan.

Afsuski, jiddiy jarohat sababli, G‘ulomxo‘jayev 2002 yili, ya’ni, ayni kuchga to‘lgan, navqiron 20 yoshidayoq futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Otabek G‘ulomxo‘jayev murabbiylik faoliyaini boshlab, 2003 – 2007 yillar davomida “Paxtakor” futbol akademiyasi, 2008-2019 yillar mobaynida esa “Bunyodkor” futbol akademiyasida faoliyat olib bordi.

Shuningdek, G‘ulomxo‘jayev 2015-2016 yillarda O‘zbekiston U-16 o‘smirlar terma jamoasida bosh murabbiy Temur Olimxo‘jayevga yordamchi sifatida faoliyat olib borib, Olimxo‘jayev bilan birgalikda mazkur terma jamoani 2016 yili Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan U-16 terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga olib borgan.

2018-2019 yillarda esa O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

Otabek G‘ulomxo‘jayev yaqinda O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi va endi butun e’tiborini “Navbahor”ga qaratmoqda.

Buning samarasi o‘laroq, yosh hamda kelajagi porloq mutaxassis jamoamizning seleksiya ishlarida ancha faol. Boisi, u “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublarining futbol akademiyalari, shuningdek, O‘zbekiston o‘smirlar hamda yoshlar terma jamoalaridagi faoliyati davomida mamlakatimizning ko‘plab iqtidorli va mahoratli futbolchilarini shug‘ullantirgan hamda ularning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Shu bois, Otabek G‘ulomxo‘jayev ayni paytda yurtimizdagi ko‘plab yosh va mahoratli futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda.

Aynan Otabek G‘ulomxo‘jayevning seleksiya borasidagi sa’y-harakatlari bilan “Navbahor”ning 2020 yilning 7 yanvaridan boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga O‘zbekistonning 30 nafarga yaqin eng iqtidorli hamda mahoratli futbolchilari jalb etilishgan.

Ulardan qaysilari murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirsa, o‘sha futbolchi bilan shartnoma imzolanadi.

O‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, aynan Otabek G‘ulomxo‘jayevning faol harakatlari bois, jamoaning tarkibi yangi mavsumda ancha yosharishi ehtimoli yuqori.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:09, 28.12.2019.
O'qildi: 3104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.