"Manchester Siti" jamoasi bosh murabbiyi “Vulvurhempton”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi. Ushbu kichik intervyuni e’tiboringizga havola etamiz.
Ayni damda “Liverpul”dan sezilarli darajada ortda qolib ketdingiz. Kelajakdagi rejalaringiz qanday. Endilikda e’tiboringizni boshqa musobaqalarga qaratasizmi?
Yo‘q, biz yig‘ilgan obro‘yimizdan osonlik bilan kechib keta olmaymiz. Aks xolda, kelasi mavsumda yevro kuboklardan mahrum bo‘lishimiz mumkin. Shu kunga qadar birorta musobaqada imidjimiz tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaganman. Hozir jamoa bilan avtobusga o‘tiramiz va uyga yo‘l olamiz. bir necha soatdang so‘ng soatdan so‘ng, bizni navbatdagi uchrashuv kutib turibdi. Futbolchilar o‘zlarini qanday his qilishlariga qarab o‘yin uchun tarkib tanlaymiz. Hozircha bizning kelajak uchun tuzgan rejamiz shunday iborat. Ayni damda keying uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishimiz shart.
Mag‘lubiyatdan so‘ng, futbolchilarni qanday ruhlantirasiz? Sababi, jamoayingiz mag‘lubiyatlardan so‘ng darrov o‘ziga keladi va g‘alaba qozonishda davom etadi. Shunday bo‘lsada, bu mavsumda bir necha bor kutilmagan mag‘lubiyatlarni qabul qilib oldingiz?!
Menimcha har bir mag‘lubiyatni alohida muhokama qilish lozim. Biz Yevropa Ligasida omadli ishtorok etayotgan juda yaxshi jamoaga qarshi to‘p surdik. Deyarli butun o‘yin davomida o‘zimizni yaxshi tomonlama ko‘rsatdik. Shunga qaramay, tashabbusni 80 daqiqadan so‘ng qo‘ldan boy berdik. Albatta, jamoamiz o‘tgan mavsumdan so‘ng, g‘alabali seriyaga o‘rganib qolgan. Musobaqa peshqadamligiga ham ko‘nikib bo‘lishgan desam, adashamgan bo‘laman. Hozirda futbolchilarni ruhiy tayyorarligini meyoriga yetkazish va keying uchrashuvga tayyorlash shart. Bugungi o‘yindan so‘ng tiklanib olishimiz ham juda muhim. 70-daqiqadan so‘ng, o‘yin surati keskin o‘zgrib ketishi mumkin. Bunday xolat APL tez-tez uchrab turadi.
“Liverpul”dan ancha ortda qolayotganingiz haqida aytib o‘tdingiz. Imkoniyatlaringizni qanday baholagan bo‘lar edingiz?
O‘z fikrimni ko‘p bor takrorlayapman. Ayni damda “Liverpul”ni quvib o‘tish haqida o‘ylash haqiqatdan yiroq. Biz “Lester”ni quvib o‘tish haqida bosh qotirishimiz shart. Bizda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoni mavjud edi, biroq bu vaziyatdan foydalana olmadik. Bizda sifatli tarkib mavjud, biroq vaziyat shunday ko‘rinish olmoqda.
“Vulverhempton”dan uchralgan mag‘lubiyat qanchalar og‘riqli bo‘ldi?
Bu futbolchilar uchun og‘riqli mag‘lubiyat bo‘ldi. Ustunlikni so‘nggi daqiqalarda qo‘ldan boy berdik. Bir necha daqiqa ichida bir nechta gol o‘tkazib yubordik. Bunday mag‘lubiyatlar doimmo alamli bo‘ladi. Qo‘shimcha qilishga xojat yo‘q deb hisoblayman. Ruhiy muvozanatni tiklashimiz va keying o‘yinga tayyorgalik ko‘rishimiz darkor.