Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Abdul Aziz Yusupov: "Lokomotiv"dan taklif tushganida ko‘p o‘ylab o‘tirmadim"

Abdul Aziz Yusupov: "Lokomotiv"dan taklif tushganida ko‘p o‘ylab o‘tirmadim"

Baho:
+ | -
Yangi mavsum arafasida "Lokomotiv" tarkibiga bir nechta yangi futbolchi kelib qo‘shildi.

Shulardan biri o‘tgan yilni "Surxon"da o‘tkazgan Abdul Aziz Yusupov. Hujumchi "Loko" futbolchisi sifatida klub matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi. 

- Abdul Aziz, "Lokomotiv" oilasiga xush kelibsiz! Bu jamoaga o‘tish qanday yuz berdi?

- Mavsum yakuniga yetgach, bir nechta klublardan taklif tushdi. Men esa "Lokomotiv" variantini tanladim. Chunki "Loko" uch bor O‘zbekiston chempioni bo‘lgan hamda har yili Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etib keladi. Menda ham OCHLda to‘p tepish istagi kuchli edi, shu bois "Loko"ni tanladim. 

- Taklif bo‘lishi bilan tez qaror qabul qildingizmi? 

- "Lokomotiv"dek kuchli jamoadan taklif tushganida ko‘p o‘ylab o‘tirmaysiz. Juda ko‘p futbolchilar shu jamoada o‘ynashni xohlaydi. Chunki baribir kuchli va professional klub. Qolaversa bu jamoaga o‘tishimda oldin birga o‘ynagan do‘stlarim Jamshid Iskanderov bilan Davron Hoshimovning borligi katta rol o‘ynadi. 

- Tug‘ilgan kuningizni nishonlash Abu Dabidagi yig‘inga to‘g‘ri keldi. Oldin ham chetda nishonlaganmisiz? 

- Bir marta shunday bo‘lgandi. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan Dubayda nishonlagandim. Bu yil ikkinchi bor takrorlandi. 

- Abu Dabi yig‘ini qanday o‘tyapti? 

- Taassurotlar zo‘r. Mehmonxonadagi sharoit, maydon, xullas hammasi joyida va mashg‘ulot o‘tkazishda hech qanday kamchilik ko‘rinmayapti. Mashg‘ulotlar yaxshi bo‘lyapti, hamma tinim bilmay mehnat qilyapti. Boshida biroz qiyin bo‘ldi, lekin yig‘inda hech kimga oson bo‘lmagan, buni hamma biladi. Mashg‘ulotlar paytida asosiy e’tibor jismoniy holatni tiklash va taktikaga berilyapti. Faqat yugurish bilan futbol o‘ynab bo‘lmaydi, aql bilan o‘ynash kerak. Murabbiylar bizga har tomonlama o‘rgatishyapti. 

- O‘tgan yil "Surxon" tarkibida Superligada 8ta gol urdingiz. Bu yil niyat qanday? 

- O‘tgan yil ko‘proq ursam ham bo‘lardi. Lekin ba’zi vaziyatlarda omad kelmadi. Albatta, men ham boshqa hujumchilar kabi ko‘p gol ursam deyman. Nasib qilsa bu mavsum "Lokomotiv"da ko‘proq to‘p kiritaman. 

- Sizningcha, 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan "Istiqlol"ga qarshi bahs (OCHL pley-off) qanday kechadi? 

- Har ikki jamoaga qiyin bo‘ladi deb o‘ylayman, chunki bu payt bizda ham, ularda ham mavsum boshlanmagan bo‘ladi. Hozir bor e’tiborimiz shu o‘yinga qaratilgan va g‘alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. O‘yin boshidagi hayajonni tezroq yengib olsak qolgani oson kechadi deb o‘ylayman.

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 10:50, 06.01.2020.
O'qildi: 3499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.