Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

O‘zbek boksi Angliya nashri e’tirofida

O‘zbek boksi Angliya nashri e’tirofida

Baho:
+ | -

Angliyaning yakkakurash sport turlarini yoritishga ixtisoslashtirilgan yetakchi thefight-site.com sport sayti havaskor boksda dunyoning eng yaxshi sportchilari va boshqa nominasiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilari nomini e’lon qildi.

E’tiborlisi, boks bo‘yicha turli yo‘nalishlarning g‘oliblari sifatida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ko‘rsatilgan.

Maqola muallifi Teylor Uxigginsning keltirishicha, “Yil bokschisi” sifatida Osiyo va Jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov e’tirof etilgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarda kubalik Endi Kruz Gomes va Bahodir Jalolov nomlari qayd etilgan.

Yil jangi yo‘nalishida esa garchi g‘olib bo‘la olmagan bo‘lsada, Mirazizbek Mirzaxalilovning JCH yarim finalida mo‘g‘ulistonlik Yerdenebat Tsendbataarga qarshi jangi kuchli uchlikka kirgan. O‘sha jangda hamyurtimiz raqibini mag‘lub etib, finalga yo‘l olgandi.

Jahon boksida “Qiziqarli janglar olib boruvchi bokschilar” ro‘yxatida hamyurtimiz Abdumalik Halakovning nomi ham keltirilgan. G‘alabali jangdan so‘ng muxlislarga ajoyib salto namoyish etib beruvchi Abdumalik maqolada kelajagi porloq bokschi sifatida qayd etilgan.

“Yil nokauti” sifatida esa Bahodir Jalolovning Yekaterinburgda Richard Torres ustidan qozongan g‘alabasi ko‘rsatilgan.

“Yilning eng yaxshi boks maktabi” yo‘nalishida ham O‘zbekiston eng yaxshi sifatida e’tirof etilgan.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 23:23, 06.01.2020.
O'qildi: 4908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.