Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: «Sulsherga vaqt kerak»

Gvardiola: «Sulsherga vaqt kerak»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya liga kubogi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Nazarimda, Ule jamoadagi o‘ziga kerakli jihatlarni ko‘ra boshladi. Ulkan jamoani boshqarish oson ish emas. Murabbiydan hamisha g‘alaba kutishadi, ularga esa vaqt kerak. O‘ylashimcha, «Yunayted» Sulsher xohlagandek o‘ynay boshladi.

O‘tgan oyda «MYU» bilan o‘ynagan edik. O‘shanda qarshi hujumlarni o‘tkazib yubordik. Chunki ular 2-3 soniya ichida to‘pni jarima maydonigacha yetkazishga ulgurishdi. «MYU» a’lo darajadagi tempda o‘ynaydi. Ularning tarkibida iqtidorli futbolchilar bor», — dedi Gvardiola.

Angliya liga kubogi yarim final bosqichi doirasidagi «Manchester Yunayted» — «Manchester Siti» o‘yini ertaga — 7 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 00:09, 07.01.2020.
O'qildi: 5040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик