Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

AFC U23 Osiyo chempionati reglamenti va qonun-qoidalari

AFC U23 Osiyo chempionati reglamenti va qonun-qoidalari

Baho:
+ | -

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi musobaqa reglamentining muhim jihatlari bilan tanishtirib o‘tamiz. O‘ylaymizki, musobaqa davomida u sizga asqotadi.

O‘YIN QOIDASI:

1. Har bir o‘yin 90 daqiqadan iborat bo‘ladi. O‘yin har biri 45 daqiqadan iborat 2 ta bo‘lim va 15 daqiqalik tanaffusdan iborat bo‘ladi. Pley-off o‘yinlarining asosiy vaqti durang bilan tugasa, har biri 15 daqiqadan iborat 2 ta qo‘shimcha taym belgilanadi. Har bir bo‘lim so‘ngida zaxira hakami taymga necha daqiqa kompensasiya vaqti qo‘shilganini ko‘rsatadi.

2. Musobaqada 1997 yil 1 yanvaridan keyin tug‘ilgan o‘yinchilar ishtirok etishi mumkin. Har bir terma jamoa 23 nafardan iborat yakuniy ro‘yxatni OFKga topshirgan. Ulardan 3 nafari darvozabonlar bo‘lishi shart. Reglamentga ko‘ra, futbolchilarning liboslaridagi raqamlar 1 dan 23 gacha bo‘lishi shart. 1-raqam esa darvozabonlardan biriga berilishi shart. Qolgan darvozabonlarga esa 2 dan 23 gacha bo‘lgan raqamlardan biri berilishi mumkin.

3. O‘yin qaydnomasiga 11 nafar asosiy tarkib va 12 nafar zaxira tarkib futbolchilari kiritiladi. O‘yin qaydnomasi uchrashuv boshlanishiga 90 daqiqa qolganida to‘ldiriladi. O‘yin davomida murabbiy 3 nafar o‘yinchini maydonga tushirishi mumkin. Shuningdek, pley-off bosqichi bahsi qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tadigan bo‘lsa, jamoalarga yana bir o‘zgarish qilish imkoniyati beriladi. Asosiy vaqtda o‘yinchi almashtirish imkoniyatidan to‘liq foydalanilmagan bo‘lsa ham, qo‘shimcha vaqtlarda zaxiradan faqat bir o‘yinchi tushirilishi mumkin.

4. O‘yin boshlanguniga qadar chigalyozdi mashg‘ulot jarayonida futbolchi jarohat olsa, uning o‘rniga boshqa o‘yinichi almashtiriladi va bu o‘zgartirish umumiy almashtirishlar soniga kirmaydi.

MUSOBAQA FORMATI:

5. AFC U23-2020da jami 16ta jamoa ishtirok etadi. Qur’a natijasida jamoalar 4ta guruhga (“A”dan “D”gacha) bo‘linishgan.

6. Jamoalar guruh bosqichida bir-biri bilan o‘zaro bir martadan o‘ynab chiqishadi. Har bir o‘yinda: g‘olib jamoaga 3 ochko, durang uchun har bir jamoaga 1 ochkodan beriladi, mag‘lubiyat uchun ochko berilmaydi.

7. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga chiqadi. Jamoalarning guruhdagi o‘rinlari quyidagi tamoyillar asosida aniqlanadi:

A) guruhda eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa;

— Agar ikki yoki undan ortiq jamoa bir xil ochko to‘plasa, u holda ularning o‘rinlari quyidagicha aniqlanadi:

B) o‘zaro o‘yinlarda ko‘p ochko to‘plagan jamoa;

C) o‘zaro o‘yinlarda yaxshi to‘plar nisbatiga ega bo‘lgan jamoa;

D) o‘zaro o‘yinlarda ko‘p gol urgan jamoa;

E) Ushbu tamoyillardan keyin ham qaysidir jamoalarning ko‘rsatkichlari o‘zaro teng bo‘lib qolsa, yuqoridagi 3ta tamoyil (B, C, D) faqat shu jamoalarga qaytadan qo‘llaniladi.

— Shundan so‘ng ham jamoalar egallagan o‘rinlarga oydinlik kiritilmasa, u holda:

F) guruhning barcha o‘yinlarida eng yaxshi to‘plar farqiga ega bo‘lgan jamoa;

G) guruhning barcha o‘yinlarida ko‘p gol urgan jamoa.

H) Ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lib qolgan ikki jamoa so‘nggi turda o‘zaro to‘qnash kelgan bo‘lsa, o‘yindan keyin penaltilar seriyasini amalga oshirishadi.

I) Feyr-pley qoidasi. Bunda jamoalarning guruh bosqichidagi sariq va qizil kartochkalari hisob-kitob qilanadi va unda kamroq ochko olgan jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi. Bunda:

— sariq kartochka — 1 ochko;

— ikkita sariq kartochka orqali berilgan qizil kartochka — 3 ochko;

— to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka — 3 ochko;

— sariq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan qizil kartochka — 4 ochko.

J) qur’a.

8. Har bir guruhning so‘nggi tur o‘yinlari bir vaqtda boshlanishi shart.

9. Pley-off bosqichida o‘yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlansa, qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi. Qo‘shimcha bo‘limlar bahsning asosiy vaqti yakunlanganidan so‘ng 5 daqiqa o‘tib boshlanadi. Qo‘shimcha bo‘limlar orasida tanaffus berilmaydi. Jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarni to‘liq o‘tkazishadi. Qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng ham g‘olib aniqlanmasa, navbat penaltilar seriyasiga beriladi.

TOKIO-2020 YO‘LLANMALARI
Musobaqada dastlabki 3ta o‘rinni egallagan terma jamoa Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Yaponiya terma jamoasi Osiyo chempionati yarim finaligacha yetib borsa, qolgan 3ta yarim finalchi avtomat ravishda olimpiya o‘yinlari yarim finaliga yo‘l olishadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:21, 09.01.2020.
O'qildi: 5672 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.