Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Hamidov, Fayziyev, Rizayev, Bo‘ronov va To‘xtamirzayevlar olimpiya terma jamoamizdan nimalar kutishmoqda?

Hamidov, Fayziyev, Rizayev, Bo‘ronov va To‘xtamirzayevlar olimpiya terma jamoamizdan nimalar kutishmoqda?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailand yashil maydonlarida futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun musobaqada terma jamoamiz o‘rin olgan “S” guruhida 1-tur uchrashuvlariga start beriladi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblanmish jamoamiz dastlabki turni Eron OTJga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Bugungi o‘yin oldidan jurnalist va sharhlovchilarning firklari bilan qiziqdik.

– Bugun Olimpiya terma jamoamiz Osiyo chempionatidagi o‘z yurishini boshlaydi. Chempion bo‘lishdan ko‘ra uni himoya qilish qiyin. Sizningcha bu safar OTJ qayergacha yetib boradi?

Mirzahakim To‘xtamirzayev: – Xafa bo‘lmasangiz, odatda bashoratlar bilan shug‘ullanmayman. Shuning uchun 1-savolni javobsiz qoldirsam.

Xayrulla Hamidov: – Agar bu safar Olimpiya terma jamoamiz guruhdan chiqa olsa, bemalol finalgacha yetib boradi, deb o‘ylayman.

Davron Fayziyev: – Ushbu tarkibdagi futbolchilar chempionatimizda doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan. Jamoa o‘z kuchiga ishonadi. Menimcha, bu safargi jamoa avvalgisidan kuchsiz emas. O‘ylaymanki, ashar omad ham biz tomonga kulib boqsa olimpiya terma jamoa finalgacha yetib boradi.

Olimxo‘ja Bo‘ronov: – Bizni faqat lisenziya qoniqtiradi. Finalgacha yetib borishini kutyapman.

Murod Rizayev: – Hozir bir narsa deyish kiyin... birinchi uyindan keyin fikr bildirsak yaxshi bulardi... lekin kuchli 4talikka kirishga kuchlari yetadi deb uylayman.

– Bugungi O‘zbekiston hamda Eron o‘yinidan nimalar kutyapsiz?

M. To‘xtamirzayev: – Bugungi o‘yindan g‘alaba va yigitlarning o‘ziga bo‘lgan ishonch hissini mustahkamlab olishini kutyapman.

X.Hamidov: –  Bugungi o‘yin turnirdagi eng qiyin o‘yinimiz bo‘lsa kerak.

D. Fayziyev: – Bugun finalga teng o‘yin bo‘ladi, chunki prinsipial raqib, bitta mintaqa, ya’ni CAFA mintaqasining ikki yetakchisi. Bugungi o‘yinda jismoniy tayyorgarlik katta ro‘l o‘ynaydi.

 O. Bo‘ronov: – Faqat g‘alaba.

M. Rizayev: – Faqat g‘alaba. Biz eron bilan 2 marta uynadik, sentyabrda 1:0 va 4:1 hisobida g‘alaba qozondik. Menimcha, futbolchilarmizda ruhiy ustunlik bo‘ladi.

– Olimpiya terma jamoamiz o‘rin olgan «S» guruhi «o‘lim guruhi» deb atalmoqda. Sizningcha mazkur guruhdagi eng qiyin raqib qaysi?

M.To‘xtamirzayev: – Yoshlar futbolida har bir jamoa qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Avvalgi avlodlarga qarab fikr yuritilsa, Janubiy Koreya - eng qiyin raqib.

X. Hamidov: – “O‘lim guruhi”dagi eng qiyin raqib - Eron.

D. Fayziyev: – Bu yoshda bilib bo‘lmaydi... Hamma Janubiy Koreya va Eron favorit deb aytmoqda, lekin Xitoy ham keyingi bosqichga chiqib qolsa ajablanmayman. Sababi bu guruhda barcha kuchlari teng jamoalar yig‘ilgan, shu sababli ham “o‘lim guruhi” deyilmoqda. Agar, bittasini tanlash kerak bo‘lsa, bu Janubiy Koreya.

O. Bo‘ronov: – O‘ylashimcha, Janubiy Koreya. Shuning uchun dastlabki 2ta o‘yinda g‘alaba qozonib, Koreyaga qarshi bo‘ladigan 3-tur oldidan pley-off yo‘llanmasini hal qilib olishimiz kerak.

M. Rizayev: – Har safar ham eng noqulay raqib Janubiy Koreya bo‘lib kelgan. Har doim ham shunday bulsa kerak. Bejizga yevropaliklar ularga qiziqish bildirishmayapti.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:14, 09.01.2020.
O'qildi: 5103 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик