Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi A Seriyani APL bilan taqqosladi.
- A Seriyada APLga qaraganda taktika ko‘proq. Ko‘plab jamoalar himoyaviy o‘yin namoyish etadi, shu bois ikki qavatli himoyani yorib o‘tish uchun bir nechta usullardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Premyer-ligada bo‘sh hududlar ko‘p bo‘ladi. Ammo men A Seriyadagi texnik nuqtai nazaridan ham, yuqori sifatidan ham qoyil qoldim, —Remzining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport Italia.