Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Eder Militao mavsumning so‘nggi qismini o‘tkazib yuboradi.
Braziliyalik futbolchi «Alaves»ga qarshi o‘yinda (2:1) olgan sonning orqa qismi jarohati sabab mavsum yakuniga qadar boshqa maydonga tushmaydi.
Militao joriy mavsumda 3-bor bunday uzoq vaqtga safdan chiqdi.
Avvalroq, Arda Gyuler ham jarohat sabab 1 oydan ko‘proq vaqtni o‘tkazib yuborishi aytilgan edi.













