Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Yamalning jarohati haqida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Yamalning jarohati haqida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Lamin Yamalning jarohati jiddiy bo‘lib chiqishi mumkin. 18 yoshli futbolchi La Liga doirasida chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan «Selta»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limi oxirida zaxiraga olingan edi. ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, Yamal klubdagi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborish xavfi ostida turibdi, shuningdek, uning Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempionatining ilk o‘yinidagi ishtiroki ham so‘roq ostida qolmoqda.

Aynan Lamin Yamal «Selta» bilan bahsda «ko‘k-anorranglilar»ning yagona goliga mualliflik qilgan edi.

«Barselona» La Liga turnir jadvalida «Real»ni 9 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda. Har ikki jamoaning chempionat yakuniga qadar yana 7 tadan o‘yini bor.

15 iyun kuni Ispaniya terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichining ilk turida Kabo-Verde bilan to‘qnash keladi. 21 va 27 iyun kunlari esa «qizil furiya» muvofiq ravishda Saudiya Arabistoni va Urugvay bilan bahs olib boradi.

Boshqa bir manbaning xabariga ko‘ra, Yamal taxminan besh haftani o‘tkazib yuboradi.

Kiritildi: 12:47, 23.04.2026.
O'qildi: 1893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик