Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lamin Yamal muxlislarga murojaat yo‘lladi

Lamin Yamal muxlislarga murojaat yo‘lladi

Baho:
+ | -

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal o‘zining jarohati haqida fikr bildirdi.

«Maydonda bo‘lmasam-da, men siz bilan birgaman. Jamoaning oddiy bir a’zosi sifatida sizni qo‘llab-quvvatlayman va ruhlantirib turaman. Bu yakun emas, shunchaki tanaffus. Men yanada katta ishtiyoq bilan qaytaman, keyingi mavsum esa o‘tganidan ham yaxshiroq bo‘ladi», — deb yozdi Yamal ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘z klubiga murojaat qilib.

Eslatib o‘tamiz, jarohati sababli Yamal mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi, biroq Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida «qizil furiya» tarkibida ishtirok eta oladi.

Qayd etish joizki, 18 yoshli vunderkind joriy mavsumda jami 45 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 21:26, 23.04.2026.
O'qildi: 5519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик