Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

APL. «Arsenal» «Kristal Pelas»ni mag‘lub eta olmadi (videosharh)

APL. «Arsenal» «Kristal Pelas»ni mag‘lub eta olmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 22-turi doirasida «Kristal Pelas» klubi o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qilib, durangga imzo chekdi.

Bahsning 12-daqiqasida Pyer-Emerik Obameyang londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalari esa mezbonlar uchun omadli keldi. "Pelas" yarim himoyachisi raqib jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib, zarba berdi. Jakaga tegib qaytgan to‘pga esa Jordan Ayyu zarba berdi. To‘p David Luis tegib yuqoriga ko‘tarildi va Lenoning ustidan oshib o‘tib, to‘rga borib tushdi.

Uchrashuvning 65-daqiqasida Obameyang raqib futbolchisiga oyog‘iga xavfli tashlandi. Hakam unga dastlab sariq kartochka bergan edi, biroq VAR maslahati bilan kartochka qizilga almashtirildi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida jamoalar bittadan o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Tomkinsning zarbasini "kanonirlar" himoyachisi darvoza chizig‘i ustida qaytargan bo‘lsa, Pepening zarbasidan keyin to‘p "Pelas" darvozasi ustuniga tegib qaytdi.

Ushbu durangdan keyin "Arsenal" 28 ochko bilan 10, "Kristal Pelas" esa 9-pog‘onada qolmoqda.

Angliya chempionati, 22-tur
Kristal Pelas – Arsenal 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 12 Obameyang, 1:1 – 54 Ayyu.
Kristal Pelas – Guaita, Keyxill, Kelli, Tomkins, Ridevald, Makkarti, Mayer (Tosun, 68), Kuyate, Makartur, Zaa, Ayyu.
Arsenal – Leno, David Luiz, Kolashinas, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Torreyra (Genduzi, 46), Jaka, O‘zil (Martinelli, 70), Pepe, Lyakazett (Nelson, 90), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Pepe (44), Meytlend-Naylz (51), Makkarti (71), Tomkins (85), Lyakazett (90).
Chetlatish: Obameyang (67).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:14, 11.01.2020.
O'qildi: 4344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик