Argentinalik yulduz futbolchi Lionel Messining rafiqasi Antonella Rokusso ayni paytda Nyu-Yorkda o‘tayotgan nufuzli US Open tennis turniriga tashrif buyurdi. U ijtimoiy tarmoqlarda arenada tushgan suratlarini e’lon qildi.
Ushbu post izohlarida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodrigesning munosabati ham ko‘zga tashlandi.
«Qanday go‘zal», — deb yozdi Jorjina Messining rafiqasi e’lon qilgan suratlar ostida.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi ayni paytda AQSHning «Inter Mayami» klubi safida to‘p tepmoqda. Krishtianu Ronaldu esa Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasi sharafini himoya qilmoqda.













