Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya 0-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Konor : “Ichmaganimga 4 oydan oshdi”

Konor : “Ichmaganimga 4 oydan oshdi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Intervyular

Toshken vaqti bilan 19-yanvarda boshalanadigan Konor Makgregor va Donald Serrone o‘rtasidagi jang oldidan sportchilar o‘z fikr va mulohazari bilan o‘rtoqlashishda davom etishmoqda. Bugun Konor Makgregorning jang oldidan bergan so‘nggi intervyularidan birni taqdim etamiz.

- Salom Konor. Ushbu jang oldidan mashg‘ulotlar jarayoni qanday bormoqda?

- Albatta ko‘tarinki kayfiyatda. Men mahsus rejimda mashg‘ulotlar o‘tayapman. Jamoamga boks bo‘yicha mutaxassis ham kelib qo‘shilgan. Umumam olganda barchasi ajoyob o‘tmoqda. Xatto 4 oydan berichi alkagol ichganim  yo‘q. Bunaqasi hech qachon bo‘lmagan!

- Xatto Habib bilan jangdan oldin hammi?

- To‘g‘risi, Habibga qarshi to‘qnashuvga bir hafta qolganida g‘irt mast bo‘lib qolgan edim. Buni yashirib o‘tirmayman. Yodimda bor. Unga qarshi jang oldidan uch kunga yo‘qolib qolgan edim. Nima qilganimni haligacha elsay olmayman. Hozir barchasi ortda qoldi. Men endi boshqa Konorman. Qilgan xattolarimdan to‘g‘ri xulosa chiqarmoqchiman.

- Endilikda ichkilikdan butkul voz kechasanmi?

- “Kovboy” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, uyga boraman va o‘zim yaratgan ichimlikdan ikki yoki uch qultum ichaman. Bu shunchaki bayramona kayfiyat uchun xolos. Keyin ertasi kuni g‘alabani oilam bilan nishonlaymanda va yana janggi tayyorgarlik ko‘rishni boshlayman.

- Yana qanday jang?

- Men yil so‘nggiga qadar yana uchta jangda oktagonga ko‘tarilishni rejalashtiryaman. Bu kimlar bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Konor qaytganini barcha ko‘rishi shart. Avvalari janglarim orasi uzoqlashib ketar, g‘alabani uzoq nishonlaganim bois, sport formamni tiklab olishga qiynalar edim. Agar Donaldni birinchi raunddayoq mag‘lub etsam, UFCning keying kechasida yana oktagonga ko‘tarilaman.

- Seni Rossiyada sovuq kutib olishganiga nima deya olasan?

- Do‘stim hazillashyapsanmi? Qanaqasiga sovuq kutib olishadi. Mening u yerda muxlisalrim yetarlicha topiladi. Shunchaki, bir kishi menga shisha idishini uloqtirdi xolos. Men uni ushlab olishim ham mumkin edi, biroq vaziyatni chigallashtirgim kelmadi. Umuman olganda Moskva va Rossiya menga juda ham manzur keldi. Ajoyib va sirli o‘lka!

-Habib bilan jangdan so‘ng, revansh haqida o‘ylamayasmi?

- Albatta o‘ylayapman. Bizning munosabatlarimizga to‘liqligicha oydinilik kiritilganicha yo‘q. Habib shunchaki, qo‘rqoq. U men bilan boshqa jang qilishni istamaydi. Sababi, endi unga qarshi jang oldidan qilgan xatolarimni takrorlamasligimni juda yaxshi biladi. Shunga qaramay, unga qarshi Moskvada bo‘lsada oktagonga chiqishga har doim tayyorman.

- Agarda, Kovboyga qarchi janging omadli yakunlansa, navbatdagi raqibing kim bo‘ladi?

- Buna shubha qilma do‘stim. Men uni birinchi raunddayoq kelgan joyiga qaytarib yuboraman. Navbatdagi raqib kim bo‘lishini esa menga farqi yo‘q.

- Agar tanlash kerak bo‘lsa, keyingi raqiblaringni kim bo‘lishini istar eding?

- Masvidal, Geydji va Usman. Aynan shularni yer tishlatishni juda istayman. Agar UFC menga boshqa raqiblarni bersa ham farqi yo‘q. Ularni ham bir yoqlig qilish qo‘limdan keladi.

- Mashg‘ulotlarga qaytamiz. Habibga qarshi tayyorgarlik bilan bunisining o‘rtasida qanday farq mavjud?

- Bilasanmi, men bugun barchasini ochiqchasiga aytmoqchiman. O‘sha to‘qnashuv oldidan mashg‘ulotlar zaliga zo‘rg‘a qadam tashlab kelar edim. To‘g‘ri, zalda qutirgan itdek shug‘ullanardik, biroq uning tashqarisida yengil hayot avj olar edi. Agar sportchi mashg‘ulot zalida va uning tashqarisida bir hil hayot kechirmasa, barcha mehnati besamar ketadi.

- Nega Habib bilan jang oldidan o‘zingni yig‘ishtirib olmading?

Ochig‘I bilmadim, haligacha shu mavzuda ko‘p bosh qotiraman. Bo‘lib o‘tgan ish uchun afsuslanishdan foyda yo‘q. Yaxshisi oldinga qarab intilish lozim. Ana shunda hayot senga yangidan yangi marralarni taqdim etishda davom etadi.

Kelajak rejalaring bilan o‘rtoqlashsang?

Ayni damda mashg‘ulotlardan rohat olyapman. Anchadan beri o‘zimda bunday g‘ayratni his etmagan edim. Endi barchasi o‘zgardi. Xattolardan to‘gri xulosa chiqargancha oldinga, faqat va faqat oldinga qadam tashlamoqchiman. Rejalarga keladigan bo‘lsam, ushbu vazn toifasidagi chempionlik kamariga egalik qilmoqchiman. Agar, bu yil rejalarimni to‘liq amalga oshirsam, ko‘p o‘tmay yana kamar uchun jang qilishimga Shubham yo‘q

Manba: TRUG MMA
Kiritildi: 23:02, 16.01.2020.
O'qildi: 3564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.