Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bobur Akmalov: «Ular borsa, yigitlarning qanoti o‘sib chiqadimi?»

Bobur Akmalov: «Ular borsa, yigitlarning qanoti o‘sib chiqadimi?»

Baho:
+-1 | -3

O‘zbekiston Osiyo kubogida ishtirok etyapti. Murabbiy Lyubinko Drulovich. Yordamchi Ravshan Haydarov. Yana bir qancha mutaxassislar bor murabbiylar shtabida. Jamoa guruh bosqichida uch xil natija, uch xil o‘yin ko‘rsatdi. Kamchiliklar bisyor, yaxshi tomonlar ham bor. Biroq gap hozir bu haqda emas.

Biz futbolchilarga yuklanayotgan bosim haqida bot-bot gapiryapmiz. O‘zbekistonda futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun fleshmob, chellenjlar o‘tkazilyapti. Erinmagan borki, to‘dalashib kameraga qarab baqirishyapti. Nima keragi bor buning? Bu qanaqa pafos? Bu qanaqa g‘alati yangi odat? Bu yigitlarga ortiqcha bosim yuklashini nahotki biror futbol odami shu ishni qilishga buyurganlarga tushuntirmayapti? Kimdan chiqdi o‘zi bu g‘oya? Futbolchilar shundoq ham bosim ostida o‘ynashyapti. Shu ishtirokchilarning birortasining yurtida mana shunday narsalar bo‘lishiga ishonmayman.

Futbol shunaqa - ortiqcha bosimni yoqtirmaydi. Yigitlarga imkon qadar mana shunday narsalar bilan halaqit bermaslik kerak. Futbolchilar bunday chellenjlardan aslo foyda olmasliklari aniq. Ishonmasangiz, birortasini chetga tortib, yuragiga qo‘l solib ko‘ring, qo‘rqmasa, cho‘chimasa dardini aytib qoladi. Ortida millionlab vatandoshlari kuzatib turganini shundoq ham his qilib turishibdi. Endi bunchalik ishonch va qo‘llab-quvvatlashni kim qanday qabul qilishini aytaman - yutqazsak shuncha odamni uyaltiramiz, rahbarlarni uyaltiramiz, yutqazmaslik kerak, degan bosim ortiqcha xatolarga olib kelishini futbol ichida yurganlar yaxshi bilishadi. Boz ustiga har bir yigitning ruhiyati turlicha. Qo‘yib bering ularga o‘z o‘yinini emin-erkin o‘ynashiga. Ekranga chiqvolib baqirib omad tilash "yutmasanglar bo‘lmaydi!", degandek jaranglayapti. Bordiyu, Xudo ko‘rsatmasin, mag‘lub bo‘lishsa, "shuncha ishonch, shuncha harakat, e, hayf senlarga", deydi aynan mana shu chellenjchilar! Nima keragi booooor???!!!

Bu ham yetmagandek, kecha, nazarimda, o‘ta absurd qaror qabul qilingan. Emishki, Vadim Abramov va Ro‘ziqul Berdiyev Taylandga borib, jamoani ruhan qo‘llab-quvvatlar ekan. Ular murabbiylar ishiga aralashmasdan, yigitlarga dalda bo‘lisharmish. Hoy, baraka topkurlar, bu qanaqasi? Aralashmasa nega boradi? Ular qay tarzda qo‘llab-quvvatlaydi?Yigitlarning qanoti o‘sib chiqadimi? Amalda ishlab turgan murabbiylar shtabi uchun bu ishning o‘zi haqorat, kamida ustidan kulish emasmi? Drulovichning xayoliga kelmasmikin "nima, menga ishonmaslikmi, mening uquvimga shubhami?" degan o‘y? Hatto bu mutaxassislar aralashmasa ham. Nega biror qarorga kelishdan oldin tanganing narigi tomoni haqida o‘ylashmaydi? Futbol odami tushunmaydigan, fahmi yetmagan narsani futbol odamlari tushuntirsa bo‘lmaydimi? Haybarakallachilik, boshliqning aytganini so‘zsiz bajarish, xato ishlarniyam xato deyolmaslik qachongacha davom etadi?

Turnirga kuzatdingmi, uyog‘iga televizordan ko‘r! Boshqasiga aralashma. Chellenj-pellenjni yig‘ishtirish kerak. Ortiqcha e’tibor bosimdir! Qachon buni tushunamiz? Qachon ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yamiz? Shundoq ham o‘yini chiqmayotgan yigitlarni tinch qo‘ysak bo‘lardi, o‘rtoqlar! Yutib olishsin, keyin boshimizga ko‘tarib yuramiz Malibu va Taholar berib.

Yigitlar, olg‘a! Hamma narsaga e’tibor beravermang. Bizga ham e’tibor bermang. Biz gapiraveramiz - ishimiz shu. Futbolni o‘ynang. G‘alaba qozoning. Omad!

Bobur Akmalov

Manba: Бобур Акмалов телеграм канали
Kiritildi: 17:55, 17.01.2020.
O'qildi: 11324 marta.
Fikrlar: 36 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.