Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

"Andijon" yig‘iniga ukrainalik to‘purar himoyachi kelib qo‘shiladi

"Andijon" yig‘iniga ukrainalik to‘purar himoyachi kelib qo‘shiladi

Baho:
+ | -

20 yanvardan "Andijon" yig‘iniga ukrainlaik himoyachi Dmitriy Zozulya kelib qo‘shiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tanishing, Dmitriy Zozulya

Tug‘ilgan sanasi: 09.06.1988 yil;
Ampluasi: Himoyachi;
Fuqaroligi: Ukraina;
Bo‘yi: 188 sm;
Vazni; 79 kg;
So‘nggi o‘ynagan jamoasi: “Kremen” (Ukraina).

Faoliyati davomida “Obolon”, “Knyaja”, “Lvov”, “Volin”, “Bukovina”, “Neftyanik-Ukrneft”, “Guriya” (Gruziya), “Zugdidi” (Gruziya), “Arsenal” (Kiyev) va “Gornyak-Sport” klublarida to‘p surgan.

O‘tgan mavsumda esa Dmitriy Ukraina birinchi ligasida ishtirok etuvchi “Kremen” klubi sharafini himoya qildi. U “Kremen” klubi tarkibida 2019/2020 yilgi mavsumda 16 ta uchrashuvda (hozirgi kunga kelib 19-tur o‘yinlari davom etmoqda) maydonga tushib, 1373 daqiqa harakat qildi va raqiblar darvozasini 4 marotaba ishg‘ol etishga erishdi.

Qiziqarli jihati shundaki, u 2018/2019 yilgi mavsumlarda “Gornyak-Sport” klubi tarkibida Vitaliy Mirniy bilan birga to‘p surgan.

Dmitriy Zozulya 20 yanvar kuni yurtimizga yetib keladi va “Farg‘ona viloyati hokimi Kubogi” musobaqasidagi o‘yinlarda maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Manba: Андижон матбуот хизмати
Kiritildi: 19:32, 17.01.2020.
O'qildi: 3147 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик