Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Rasmiy xabar: «Dinamo» Botirali Ergashevni «Qo‘qon-1912» klubiga ijaraga berdi

Rasmiy xabar: «Dinamo» Botirali Ergashevni «Qo‘qon-1912» klubiga ijaraga berdi

Baho:
+ | -

«Dinamo» klubi a’zosi hamda O‘zbekiston milliy jamoasiga nomzod darvozabon Botirali Ergashev 2020 yilgi mavsumni Superligada o‘tkazadigan bo‘ldi.

O‘tgan mavsumning ikkinchi davrasidan oldin Samarqand jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan Botirali Ergashevga yangi mavsum oldidan bir qator klublardan taklif tushdi, muzokaralardan keyin darvozabon «Dinamo» klubi tomonidan 1 yillik ijara asosida «Qo‘qon-1912» jamoasiga berildi. Osiyo chempioni sanalmish O‘zbekiston milliy jamoasiga nomzod 24 yoshli darvozabonning transfer huquqi «Dinamo» klubida qoladi.

Ma’lumot uchun, Botirali Ergashev 2019 yilgi mavsumda «Dinamo» safida 22 o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib, PFL va «Sportstat» tahlil-markazi ma’lumotiga ko‘ra, Superliganing o‘tgan mavsumida eng ko‘p – 55 marta seyv amalga oshirgan darvozabon bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Botirali Ergashev «Dinamo» klubi matbuot xizmati tomonidan 2019 yil yakunida muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, «Dinamo»ning 2019 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi» deb topilgandi.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:14, 18.01.2020.
O'qildi: 1883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик