Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 01:00 Barselona 3-0 Osasuna
28/03 16:45 Qizilqum 1-3 OKMK
28/03 19:30 Navbahor 2-2 Andijon
28/03 20:00 Bunyodkor 3-1 Surxon
29/03 18:00 Real Sosyedad - Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf - Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya - Bolonya
29/03 19:00 Komo - Empoli
29/03 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
29/03 20:15 Espanyol - Atletiko
29/03 20:30 Paxtakor - Dinamo
29/03 22:00 Yuventus - Jenoa
29/03 22:30 Alaves - Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche - Roma
30/03 01:00 Real Madrid - Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao - Osasuna
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Nyukasl” qishda transfer amalga oshiradi

Angliyaning “Nyukasl” klubi qishki transfer oynasi yopilguniga qadar o‘z safini yangi futbolchilar bilan to‘ldrib oladi”- deb xabar bermoqda “The Sun” nashri.
Klub murabbiyi Stiv Bryusning ma’lum qilishicha, jamoa rahbari Maykl Eshli qishki transferlar uchun klubga 50 million yevro ajratishga qaror qilgan.
Hozircha, jamoa nishonida turgan futbolchilarning nomi ma’lum qilingani yo‘q.

Chong Italiya grandalari e’tiborida

“Manchester Yunayted” klubining yosh va iqtidorli futbolchisi Taxit Chong uchun kurashga Italiyaning bir yo‘la ikki grand klubi qo‘shildi. Bu haqida “Tuttosport” nashri ma’lum qilmoqda.
Ayni damda, vingerning hizmatlari bilan “Napoli” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. Gollandiyalik futbolchining o‘zi ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emas.
Futbolchi va klub o‘rtasida tuzilgan shartnoma yozda o‘z yakuniga yetgani bois, uning xaridorlari tobora ortib bormoqda.
“Napoli”ning Chong uchun kurashga kirishganiga qaramay, asosiy nomzod “Yuventus” bo‘lib turibdi. Turinliklar futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborishga ham ulgurishgan.

“Real Madird” himoyachi izlamoqda

Madridning “Real” jamoasi Serhio Ramosning o‘rnini bosishga qodir himoyachi izlashda davom etayotganidan xabaringiz bor.
“Mundo Deportivo”ning ma’lum qilishicha, klub Ramosning o‘rnini bosa olishga qodir futbolchi obrazida “Sevilya” himoyachisi Diyego Karlosni ko‘rmoqda.
26 yoshli braziliyalik himoyachiga shuningdek “Liverpul” klubi ham ko‘z tikib turibdi. «Enfild» egalari uni Virjil Van Deyk bilan tandem hosil qilishni ko‘zlashmoqda.
“Sevilya” o‘z himoyachisini 75 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Agarda, klub himoyachi uchun narxni kamaytirmasa, “Liverpul” uning transferidan voz kechishi mumin.

“Barselona” kelajakni o‘ylashda davom etmoqda

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Argentinalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Bu haqida «Boka Xuniors» rasmiy sayti ma’lomot bermoqda. 18 yoshli Santyago Ramos yozdayoq “Barselona” bilan 5 yillik shartnoma tuzishi kutilmoqda. Todibo «Shalke 04»ga ketgach, markaziy himoyachiga bo‘lgan ehtiyoj yanada oshdi.

Yosh himoyachi “Boka”ning asosiy tarkibida debyut qilmagan bo‘lsada, kataloniyaliklar uning kelajagiga to‘liq ishonishmoqda. “Sport.es” bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Barsa” himoyachi uchun 500 ming yevro to‘laydi.  

Gameyro ortga qaytishga yaqin

Ispaniyaning “Valensiya” jamoasi sharafini bir necha yillardan beri himoya qilib kelayotgan Kevin Gameyro  qishki transfer oynasi chog‘ida o‘z klubini o‘zgaritishi mumkin.

Ayni damda 32 yoshli hujumchining hizmatlari bilan Fransiyaning “Lion” klubi qiziqib qolgan. Jamoa bosh murabbiyi Rudi Garsiyaning shaxsan o‘zi Gameyroni tarkibda ko‘rishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kevin davom etayotgan mavsum davomida “La  Liga”ning 12 ta o‘yinida ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4 ta gol yozib qo‘ydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:28, 18.01.2020.
O'qildi: 8521 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz