Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 01:00 Barselona 3-0 Osasuna
28/03 16:45 Qizilqum 1-3 OKMK
28/03 19:30 Navbahor 2-2 Andijon
28/03 20:00 Bunyodkor 3-1 Surxon
29/03 18:00 Real Sosyedad - Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf - Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya - Bolonya
29/03 19:00 Komo - Empoli
29/03 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
29/03 20:15 Espanyol - Atletiko
29/03 20:30 Paxtakor - Dinamo
29/03 22:00 Yuventus - Jenoa
29/03 22:30 Alaves - Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche - Roma
30/03 01:00 Real Madrid - Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao - Osasuna
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Jiruning qayerga yo‘l oladi?

 

Londonning “Chelsi” klubi hujumchi Oliviye Jiruning kelajagi borasidagi savollar ochiqligicha qolmoqda. Amaldagi JCH g‘olibi bilan Milanning “Inter” klubi ustozi Antonio Konte jiddiq qiziqib qolganidan xabaringiz bor. Ayni damda hujumchi uchun kurashga Birmingemning “Aston Villa”si ham qo‘shildi.

“The Sun” nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ingiliz klubi Jiruni sotib olish sharti bilan yarim mavsumga ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Futbolchining o‘zi esa, tezroq “Inter” safiga o‘tish tarafdori, biroq Milanga ko‘chib o‘tish amalga oshmasa “Aston Villa” libosini kiyishga ham qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, “Aston Villa” avvalroq “Chelsi”ning boshqa bir futbolchisi Denni Drinkuoterni ijaraga oldi.

Klopp topilmasi

 

““Liverpul” akademiyasi uchun iqtidorlarnoi izlashga shaxsan o‘zi kirishgan Yurgen Kloppning shortlistida Fransiyaning “«Nissa» klubi futbolchisi Pedro Brazao paydo bo‘ldi.”,- deb xabar bermoqda “Real Football” nashri.

17 yoshlik futbolchining imkoniyatlariga nemis mutaxassisi yuqori baho bermoqda. Murabbiyning fikricha Brazao bir necha yil klub tarbiyasida bo‘lsa, jamoaga kelajakda katta naf keltirishi mumkin. Shu sababli, “Liverpul” yarim himoyachini qishda sotib olishni va mavsum so‘nggida Chempionshipdagi klublardan biriga ijaraga berishni rejalashtirmoqda.

Yosh iqtidor uchun kurash

“Inter” klubining yosh va iqtidorli himoyachisi Alessandro Bastoni bir nechta top klublarning e’tibor markazida turibdi. “Le Gazzeta Della sport” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, italiyalik himoyachi uchun kurashga “Manchester Siti” va “Barselona” jamoalari kirishgan.

“Inter” klubi himoyachini qo‘yib yuborishni istamayapti, biroq grandlar tomonidan bir necha o‘n millionlik takliflarni ko‘rib chiqishga qarshi emas. Qisqacha qilib aytganda, klub o‘z himoyachisining transferidan katta pul ishlab olish sharti bilangina uni qo‘yib yubormoqchi.

Esalatib o‘tamiz, Bastoni uchun “Inter” 2017 yilda “Atalanta”ning hisob raqamiga 31 million yevro o‘tkazib bergan.

“Loko” gollandiyalik futbolchiga qiziqmoqda

Rossiyaning “Lokomotiv” klubi Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasi yarim himoyachisi Jermeyn Lens bilan jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqida Turkiyaning “Sabah” nashri ma’lum qilgan.

Futbolchining o‘zi klubdan ketishni istamayotgan bo‘lsada, “Beshiktosh” uning katta maoshi tufali tezroq sotib yuborishni istamoqda. Lensni taniqli transfermarket nashri 2 million yevoga baholamoqda. Gollandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi bo‘lishiga qaramay, uning transfer qiymati past ekanligi Moskva klubi uchun qo‘l kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Lens uchun sharqiy Yevropada to‘p surish yangilik emas. Qahramonimiz 2013-2015 yillar oralig‘ida Kiyevning “Dinamo” jamoasi sharafini himoya qilgan.

“Real” yanvar oyida futbolchi sotmoqchi

Madridning “Real” jamoasi qishki transfer oynasi chog‘ida bir futbolchidan “qutulush”ni rejalashtirmoqda. “Diario AS" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbarlari Zidandan o‘zi uchun keraksiz bo‘lgan bir futbolchini tanlashlarini talab qilgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, murabbiy Mariano Dias va Brahim Diaslardan birni tanlashi haqiqatga juda yaqin. Ayni damda bu futbolchilarga Ispaniyaning “Xetafe” klubidan qiziqish bo‘lishga qaramay, ular jamoani tark etishni istashmayapti.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:50, 20.01.2020.
O'qildi: 16820 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz