«Bavariya» hujumchisi Tomas Myuller Germaniya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan «Gerta»ga qarshi o‘yinda gol urdi.
Shu tariqa, 30 yoshli futbolchi Bundesliga tarixida ketma-ket 12ta kalendar yilida (2009-2020) to‘p kiritgan ilk o‘yinchiga aylandi.
Myuller – «Bavariya» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bosh jamoada 2007 yilning avgust oyida debyut qilgan. Shundan beri Tomas 511ta o‘yinda maydonga tushib, 191ta gol urdi va 181ta golga uzatma berdi.