Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shamil Yarulin: «Maqsadimiz — Superligaga chiqish»

Shamil Yarulin: «Maqsadimiz — Superligaga chiqish»

Baho:
+ | -

Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston futbolining yuqori elitasida ishtirok etadigan deyarli barcha jamoalar allaqachon yangi mavsum tayyorgarligini boshlab yuborishgan. O‘z navbatida ular qatorida bir nechta PRO-Liga vakillari borligini ham ta’kidlab o‘tishimiz mumkin. Mamlakatimiz futbolida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan “Sho‘rtan” jamoasi atrofida yuz berayotgan yangiliklar, nafaqat G‘uzorliklarni, balki yurtimizdagi ko‘p ming sonli  futbolsevarlarni ham befarq qoldirmasligi tabiiy. Shu munosabat bilan biz kuni kecha “Oq bo‘rilar” jamoasining rahbariyatida ish boshlagan SH.YArulin bilan ushbu mavzu bo‘yicha muxtasar suhbatlashdik.

— Shamil Samigulovich, avvalo “Sho‘rtan” jamoasida faoliyat  boshlaganingiz bilan tabriklaymiz. Futbol olamida katta va boy tajribaga ega ekanligingizni bilgan holda, G‘uzor futbolini yanada rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizga omad tilaymiz.
— Rahmat. O‘z navbatida biz ham “Sho‘rtan” jamoasining mavqeini, obro‘-e’tiborini tiklash, yana ham aniqrog‘i Superligaga qaytarish borasida  astoydil mehnat qilishni eng birinchi galdagi maqsadimiz, deb belgilab qo‘yganmiz.

— Aytingchi, klubda qaysi vazifada ish boshladingiz?
— Bosh menejer lavozimida faoliyat olib borayapman.

— Birinchi galda qilinadigan ishlar rejasiga nimalarni kiritdingiz?
— Bu eng avvalo klub ishchi-xodimlari, murabbiylar va futbolchilar oldidagi maosh qarzdorligi bilan bog‘liq masala.

— Qarzdorlik muammosi qachon bartaraf etilishi kutilmoqda?
— Tezlik bilan hal etishimiz zarur. Negaki, O‘zbekiston Professional futbol Ligasining talablariga ko‘ra, klublarda qarzdorlik masalasi hal etilmasa yangi mavsumda musobaqada ishtirok etishga qo‘yilmaydi.

— PRO-Liga jamoalarining ko‘pchiligi yangi mavsum tayyorgarligini allaqachon boshlab yuborishgan. Bu borada “Sho‘rtan”da qanday yangiliklar bor?

— Shu kunlarda yig‘in boshlashni rejalashtirib turibmiz. Yuqorida aytganimdek, qarzdorlik masalasini ijobiy hal etsak, hammasi o‘z yo‘liga tushib ketadi.

— Yangi mavsumga jamoani bosh murabbiy sifatida kim tayyorlaydi?
— Ushbu mas’uliyatli lavozimga biz mamlakatimizning taniqli mutaxassislaridan biri, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra “Mash’al”ni Superligaga olib chiqqan, qolaversa o‘z vaqtida “Sho‘rtan”da ham futbolchi, ham murabbiy vazifasida ishlagan Asror Aliqulovni taklif qildik.

— Demak, muxlislarga uni “Sho‘rtan” bosh murabbiyi, deb e’lon qilsak bo‘ladi, shundaymi?
— Ha. 2020 yilgi futbol mavsumida “Sho‘rtan” bosh murabbiyi lavozimida Aliqulov faoliyat ko‘rsatadi.

— U bilan shartnoma qancha vaqtga tuzildi, yordamchilari kimlar bo‘ladi?
— Bu haqda bosh murabbiyning o‘zi gapirgani ma’qul, deb o‘ylayman.

— Fikrlaringizdan ma’lum bo‘lishicha, jamoa oldiga bu yilgi mavsumda PRO-Liga o‘yinlarida eng yuqori o‘rinlarni egallash vazifasi qo‘yiladi?
— Bu yilgi eng asosiy maqsadimiz “Sho‘rtan”ni Superligaga olib chiqish.

— Bir necha yillardan buyon “Sho‘rtan-Ledi” ayollar jamoasi ham musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Jamoaning bundan keyingi taqdiri nima bo‘ladi?
— Qizlarimiz O‘zbekiston Professional futbol Ligasi bayrog‘i ostida o‘tkaziladigan barcha musobaqalarda o‘z ishtirokini davom ettirishadi. Faqat bu yildan e’tiboran jamoa birinchi ligada qatnashadi.    

“Sho‘rtan” PFK matbuot xizmati bo‘limi

Kiritildi: 16:32, 21.01.2020.
O'qildi: 3143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.