Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Alisher Jalilov: “Raqib bo‘shroq ko‘ringandir, biroq…”

Alisher Jalilov: “Raqib bo‘shroq ko‘ringandir, biroq…”

Baho:
+ | -

Bugun Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi OCHL guruh bahslari uchun saralash uchrashuvi doirasida Tojikistonning “Istiqlol” klubiga qarshi to‘p surdi. O‘yin kutilmaganda mehmonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlanganidan xabaringiz bor. O‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan “Istiqlol” sardori Alisher Jalilovni o‘yindan so‘ng, suhbatga tortdik.

— Bugungi g‘alaba nimaning evaziga qo‘lga kiritldi deb o‘ylaysiz?

— Birinchi navbatda intizomli futbol o‘ynadik. Raqib o‘yinning katta qismida to‘p bilan muomalada bo‘ldi. Shu sababli, himoyada to‘psiz harakat qilish bizga ikki hissa og‘ir kechdi. Shunday bo‘lsada, o‘z imkoniyatimizni kutdik va undan unumli foydalandik.

 Bu g‘alaba Tojikistonda sensasion natija sifatida qabul qilinadimi?

— To‘g‘risi bilmadim. Biz xalqaro maydonlarda doimo vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilganmiz. Hatto yirik hisobda yengilayotgan bo‘lsakda, o‘yinimiz sira “sochilib” ketmaydi. Shuning uchun bizning mag‘lubiyatlarimizga muxlislar ortiqcha e’tiroz bildirishmaydi. Bugungi g‘alaba yurtimizda katta shov-shuv ko‘tarmasa kerak. Boisi, biz bugun shunchaki o‘z o‘yinimizni o‘ynadik. Bizning bunday to‘p surishimiz Tojikistonlik muxlislar uchun odatiy hol.

— Bugun “Lokomotiv”ning o‘yini sira qovushmagandek ko‘rindi?

— Tashqaridan qaraganda shunday tuyilishi mumkin, biroq o‘yin ichida buning tamomila aksiga guvoh bo‘ldim. Jamoa o‘yinni to‘liq boshqaruviga oldi. To‘g‘ri, qayerlardadir vaziyatlarni yakunlashni uddalay olmadi, biroq ular yomon o‘yin o‘tkazishdi demagan bo‘lar edim. Bu futbol va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:10, 21.01.2020.
O'qildi: 4204 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.