Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Lyubinko Drulovich: «Umid qilamizki, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishni uddalaymiz»

Lyubinko Drulovich: «Umid qilamizki, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishni uddalaymiz»

Baho:
+ | -

Tailandda bo‘lib o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ertaga Avstraliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida 3-o‘rin uchun bahs bo‘lib o‘tadi. Bugun o‘tkazilgan o‘yinoldi matbuot anjumaning ilk qismida Lyubinko Drulovich ishtirok etdi.

“Ertaga bizni juda muhim uchrashuv kutib turganini yaxshi anglab turibmiz. Oson o‘yin bo‘lmaydi. Avstraliya — ancha jiddiy raqib. Raqib tarkibida bir qator tajribali va mahoratli o‘yinchilar bor. Raqib taktikalarini kuzatib chiqdik. Ular asosan 4-4-2 taktika asosida o‘ynaydi. Ertaga bor maksimumizni ishga solamiz. Zero, bo‘lajak bahs o‘zbek muxlislari va xalqi uchun muhimligini tushunib turibmiz. Umid qilamizki, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishni uddalaymiz”, - dedi murabbiy.

“Saudiya bilan o‘yindan keyin, avvalo, ruhiy jihatdan, keyin jismoniy jihatdan o‘zimizga kelib olishimiz kerak edi. Endi Avstraliyadek kuchli raqibni mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimiz kerak. Buning uchun borimizni beramiz”, – dedi Islomjon Qobilov.

“Motivasiya o‘yindan oldin juda muhim. Saudiya bilan o‘yindan keyin Tokio-2020 uchun bizda yana bir imkon bor. Yigitlarim ham ertanggi bahsda g‘alaba qozonish qanchalik muhim ekanligini tushunib turishibdi. Biz ham bor kuchimizga ishga solsak, maqsadimizga eta olamiz”, — dedi Drulovich.

“Har ikki jamoada ham imkoniyat 50/50. Bizda yaxshi o‘yinchilar bor. Men ularning imkoniyatiga ishonaman. O‘tgan o‘yinda ham g‘alaba uchun ancha yaqin keldik. Lekin vaziyatlardan foydalanishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi. Ungacha har bir bahsda gol urayotgan edik. Endi ertaga shu kamchiliklarni qaytarmaslikka harakat qilamiz”, — dedi Drulovich.

“Murabbiyimiz aytib o‘tganidek, o‘yindan avval har ikki jamoada imkoniyat bir xil bo‘ladi. Eng oxirgi o‘yinlarga qaraydigan bo‘lsak, Bahraynda o‘tgan U-19 saralash bosqichida biz Avstraliyani 3:2 hisobida mag‘lub etganmiz. Menimcha, uchinchi o‘rin uchun kechadigan bahs finaldan ham muhimroq. Bu turnirga jamoalar Olimpiada yo‘llanmasi uchun kelishadi. Biz Tokio yo‘llanmasi uchun kurashamiz”, - Islomjon Qobilov.

“Hozir nafaqat Doston, balki hamma o‘yinga tayyor. Avvalo, biz o‘zimizga ishonishimiz kerak. Jamoadagilar bir-biriga ishonib, bir-birini qo‘llab maydonda harakat qilsa, biz, albatta, maqsada yeta olamiz. Men yigitlarimning salohiyatiga ishonaman”, — dedi mutaxassis.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 10:56, 24.01.2020.
O'qildi: 6119 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик