“Vulverhempton” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp jurnalistlar savollariga javob berib o‘tdi. Bir nechta qiziqarli savollar yangragan kichik intervyuni e’tiboringizga havola etamiz.
- Yurgen jamoaningiz kecha “ «Vulverxempton ” ustidan g‘alaba qozongach, chempionlikka juda yaqin kelganingizni sezdingizmi? Nima deb o‘ylaysiz, bu mavsum APL poygasida g‘olib chiqasizmi?
- Biz qanday qilib chempionlikdan boshqa maqsad bilan APL uchrashuvlarida maydonga tushishimiz mumkin? To‘g‘ri, matematikani bir chetga surib qo‘yadigan bo‘lsak, hali YECHL yo‘llanmasini ham hal etganimizcha yo‘q. Ayni damda bor e’tiborimizni o‘z uyinlarimizga qaratishimiz shart. Bizni oldinda bir-biridan murakkab raqiblar kutib turibdi. Yana 3 ta turda maydonga tushgach, bizni bir haftalik dam olish kunlari kutib turibdi. Hozircha, bizning bor rejalarimiz shunday iborat. Biz haqimizdagi ijobiy fikrlar uchun barchaga rahmat, salbiy fikrlar bilan ishim yo‘q. Biz jarayonda eggalab turgan o‘rnimizni bir nechta xato qarorlardan so‘ng yo‘qotib qo‘yishimiz ham hech gap emas. Shunday ekan, hammasi yaxshi ketayotgan bir pallada ortiqcha bosimning nima keragi bor? Savollingizda kecha “Vulverhempton” bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinni qo‘shib o‘tdingiz. Bu o‘yinni bejiz eslamaganingizga aminman. Sababi, bundan buyog‘iga har bir g‘alabamiz uchun katta kuch sarf etamiz. Kechagi uchrashuv yigitlar jang olib borishdi. Chinakam jangchilardek g‘alaba uchun kurashning guvohi bo‘ldik. Biz aynan g‘alaba qozonishga e’tibor qaratganmiz, chempionlikka emas.
- Sadio Mane borasida yangiliklar bormi? U dam olish kunlari maydonga tusha oladimi?
- Hozircha hech qanday ma’lumotim yo‘q. Menga hali bu borada qo‘ng‘iroq qilishganicha yo‘q. Shunday bo‘lsada, uni dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda ishtirok etishi katta so‘roq ostida turibdi.
- Yaqinlashib kelayotgan Kubok o‘yinlarida yoshlarga imkon berasizmi? Bunday yo‘l “Everton”ga qarshi uchrashuvda o‘zini oqlagan edi?!
- Albatta, siz haqsiz. Biz “Everton”ga qarshi uchrashuvda ikkinchi tarkib bilan g‘olib bo‘lgan edik. Ochig‘i zahira o‘rindig‘imizning uzun ekanligini bizga qo‘l kelmqoda. Bundan tashqari, bizda kuchga to‘lgan yigitlar va jarohatdan yaqinda forig‘ bo‘lganlar ham mavjud. Shunday ekan, keyingi kubok uchrashuvida yana tavakkal qilib ko‘ramiz. Biz musobaqada katta yo‘lni bosib o‘tishga ulgurdik. Ortga qaytishga yo‘l yo‘q. Bunda hech qanday yashirib qurol yo‘q. Barcha katta jamoalar Kubok o‘yinlarida qolgan futbolchilarga imkon berishga harakat qiladi.
- Yurgen g‘oliblik mentaliteti kuchsiz raqiblarga qarshi ham ta’sir o‘tkazadimi?
- Qiyin savol. Mening yigitlarimda g‘oliblik mentaliteti mavjud, biroq ularning asosiy fishkalari shundaki, jamoamga kim bilan o‘ynashning umuman farqi yo‘q. Biz murabbiylar shtabi bilan mana shunday psixolagik qarorga keldik. Futbolchilarga ularning kuchli ekanligini emas, istalgan raqibni yengish kerakligini uqtiryapmiz.
- Keyingi uchrashuvda Fabinoni ko‘ramizmi?
- Menimcha siz mendan keyingi uchrashuvda maydonga tushadigan futbolchilar ro‘yxatini undirib olmoqchisiz shekili(kuladi). Shunisi aniqki, keyingi o‘yinimizda asosan o‘yin amaliyotisiz qolayotgan yigitlarga imkon beramiz. Tarkib borasida aniq bir so‘z ayta olmayman. Gap shundaki, klub shifokorlari bilan hali suhbatlashganimcha yo‘q. Ularning qarorlarisiz oldindan bir so‘z aytish befoyda.