Bir hafta davomida poytaxtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazgan "Qizilqum" vakillari Navoiy shahriga qaytishdi. Toshkentda avval Sug‘diyona 1-0, keyin "Lokomotiv" BFK 3-0 hisobida taslim etildi, shuningdek futbolchilar tibbiy ko‘rik hamda test-normativlarni topshirishdi.
"Qizilqum" PFK bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov futbolchilarga 2 kunlik ta’til berdi. Mashg‘ulotlar esa 26 yanvardan Navoiy shahrida qayta start oladi va yig‘in davomida bir nechta o‘zaro nazorat uchrashuvlari tashkil etilishi maqsad qilingan.