Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Xayrulla Hamidovdan anons: Yon qo‘shnilar jangi

Xayrulla Hamidovdan anons: Yon qo‘shnilar jangi

Baho:
+ | -1

Mahalla kattagina. Lekin hammaning e’tibori ikki qo‘shniga qaratilgan. Biri o‘ta boy. Ikkinchisi o‘rtacha. Ko‘chaga chiqdim desa urishaverishadi. Gohida unisi yutadi, gohida bunisi. Mahalla ahli – tomoshabin.

Ularning bu qadar ko‘p janjallashishlariga sabab – kurashlar natijasi turfa xilliligida. Hech kim oldindan bilmaydi kim yengishini.

Yaqinda ular hatto Saudiya Arabistoniga borib kelib ham janjallashib qaytishdi. Odamlar butkul boshqa niyat bilan boradigan mamlakatdan shunday taassurot bilan qaytish... bilmadim.

Yosh qo‘shnilarning bolalari o‘rtasida ham nuqul janjal. Chunki ularning otalari shunday. Bir-birini ko‘rdim deguncha asabiylashishadi. Qizig‘i, mahallaning bir burchagidagi (aslida “bu mahallaga aloqam yo‘q deydigan”) o‘ziga to‘q xonadon shularning jangini boshqacha kuzatadi. Tabiiyki, o‘rtaholiga yon bosib. Ur-ho-ur, deb hayqiribam turadi.

Xullas, bugun hamshaharlar jangi:
Derbi Madrilenyo...
20:00da, Uzreport kanalida.

Ayni paytda “Real” birinchi o‘rinda va eng kam gol o‘tkazib yuborgan klub. “Atletiko” ham qolishmaydi – bir gol ko‘p o‘tkazgan, xolos. Himoyasi kuchli jamoalar o‘rtasidagi bahs.

Saudiyada o‘tgan Superkubok finalida ko‘rdik bu himoya qo‘rg‘onlarini: 120 daqiqalik golsiz kurash...

“Santyago Bernabeu”da bu safar jamoalar ozgina ochilibroq o‘ynashsa kerak. Har holda, o‘rtaga kubok tikilmagan. Bor-yo‘g‘i ochkolar.

Birga kuzatamiz!!!

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 08:35, 01.02.2020.
O'qildi: 4894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик