Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

Kutilmaganda. Kepa zaxirada. Frenk nima qilmoqchi?

Kutilmaganda. Kepa zaxirada. Frenk nima qilmoqchi?

Baho:
+ | -

Kecha "Chelsi"ning "Lester"ga qarshi muhim uchrashuvini Frenk Lempard kutilmagan qaror bilan boshladi: Kepaning o‘rniga 38 yoshli Villi Kabalyero darvozani qo‘riqladi.

2018 yil avgustida "Chelsi" Kepa uchun "Atletik"ka 80 million yevro to‘laganida, xuddi London klubida yaxshi darvozabon paydo bo‘lganga o‘xshagandi. Ayniqsa, Arrisabalaga David De Xeani Ispaniya terma jamoasidan siqib chiqarganida ko‘pchilik bunga ishonib qolgandi.

Aslida esa bu omillar ahamiyatsiz bo‘lib chiqdi: dastlab Kepa Maurisio Sarri bilan Angliya kubogi finalida o‘rnini boshqa darvozabonga bo‘shatib berishdan bosh tortdi. Ushbu mojaro hal etilgandek tuyuldi: darvozabon bitta o‘yinni zaxirada o‘tkazdi.

Frenk Lempard bilan avvaliga hammasi yaxshi edi, ammo muammolar dekabr oyida boshlandi. Angliya ommaviy axborot vositalarida Premyer-liga darvozabonlarining reytinglari o‘zgara boshladi, Kepaning natijalari yomonlasha boshladi.

Ushbu fonda, Lempard Kepadan norozi bo‘lgani va uning o‘rniga boshqa posbon sotib olishni istayotgani haqida yangiliklar paydo bo‘ldi. Yanvar oyida o‘ziga xosliklar paydo bo‘ldi: "Chelsi" Angliya termasi va «Byornli» klubi posboni Nik Popni bilan ko‘rishdi.

Ispaniyalik darvozabon esa beqaror o‘ynashni davom ettirdi va "Nyukasl" bilan o‘yinda muhim xatoga yo‘l qo‘ydi, bu esa golga olib keldi. Keyin "Arsenal" bilan ham yomon o‘yin ko‘rsatdi, unda Arteta jamoasi ikkita zarba bilan ikkita gol urdi.

Kubokda «Xall»ga qarshi o‘yinda Kabalyero o‘ynadi, Kepa umuman tarkibda yo‘q edi. Uchrashuvdan oldin Lempard ispaniyalik bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. "Siz shunchaki o‘z o‘yiningizga qarashingiz kerak, yaxshi o‘ynashingiz – buj uda muhim. Agar siz rivojlanmagan bo‘lsangiz, iqtidoringiz pasaygan bo‘lsa, unda avvalgi darajaga qaytish uchun qo‘lingizdan kelganicha harakat qilishingiz kerak, – deya tushuntirdi Frenk. – Men tanqid borligini bilaman, lekin o‘zim bunga yo‘l qo‘ymayman. Men Kepa muammodan xabardor va u halol bo‘lishiga ishonaman. U bir qator xatolarga yo‘l qo‘ydi, ochkolar yo‘qotilishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun u ishlashi kerak".

Endi esa Kepa "Lester" bilan o‘yinda ham zaxirada qoldi. Lempard 38 yoshli Villi Kabalyeroni ketma-ket ikki marta tanladi. “Men qaror qildim. Darvozabonga nisbatan bunday qaror osonlikcha qabul qilinmasligini tushunaman. Ular juda yaqin va har kuni birga ishlashadi, ammo men o‘yin oldidan shu qaror to‘g‘ri ekanligini his qildim. Men Villiga ishonaman, u zo‘r mashq qilyapti, u juda yaxshi mutaxassis. Men ikkalasiga ham ishonaman".

Kabalyero mukammal o‘yin o‘tkazdi, deb aytib bo‘lmaydi. "Lester"ning ikkinchi golida u xato qildi.

Ta’kidlash kerakki, o‘yindan keyin ispan nashrlarida quyidagi mazmunda xabar paydo bo‘ldi: «Lempard Kepani qo‘yib yubormoqchi emas».

Manba: sports.ru
Kiritildi: 14:11, 02.02.2020.
O'qildi: 4965 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.