Angliya OAVsi tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Italiyaning «Napoli» klubi himoyachisi Kalidu Kulibali haliyam «Manchester Yunayted» klubi qiziqishlari doirasida turibdi.
“MYU” rahbariyati senegallik himoyachini Garri Maguayrga munosib tandem bo‘lishiga umid qilmoqda.
Shu sababli, «MYU» Kulibalini klubning eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylantirishga tayyor.
28 yoshli himoyachining transfer narxi 90 millionfunt atrofida baholanmoqda. Qolaversa, Kulibaliga «PSJ», «Chelsi» va «Real» klublari ham qiziqish bildirishmoqda.













