Kirish Ro'yxatdan o'tish

ESPN Yevropa grandlarining o‘yinlarini baholadi: Kimning o‘yinini ko‘rish maroqliroq?

ESPN Yevropa grandlarining o‘yinlarini baholadi: Kimning o‘yinini ko‘rish maroqliroq?

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

ESPN telekanali Yevropaning kuchli beshlik ligalarida ishtirok etuvchi jamoalarning o‘yinlari qanchalik tomoshabop ekanligini baholab chiqdi.

Har bir klub 0,1 dan 10 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baholandi. Eng yuqori ko‘rsatkich (9,6 ball) — «Bavariya» va «Barselona» jamoalariga nasib etdi.

O‘yinlarini tomosha qilish eng maroqli bo‘lgan kuchli o‘ntalik quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. «Bavariya» — 9,6

  2. «Barselona» — 9,6

  3. «Real Madrid» — 9,5

  4. «PSJ» — 9,5

  5. «Leypsig» — 9,5

  6. «Lans» — 9,4

  7. «Manchester Yunayted» — 9,4

  8. «Monako» — 9,4

  9. 9-10. «Inter» va «Yuventus» — 9,4

Shuningdek, «Manchester Siti» 8,7 ball, «Liverpul» va «Chelsi» 8,5 balldan, «Arsenal» 7,2, «Milan» 7, «Napoli» 5,6 hamda «Tottenxem» 3,9 ballga loyiq ko‘rildi.

Reytingning eng quyi pog‘onalarini «Vulverxempton» (0,6), «Real Ovyedo» (0,7) va «Oser» (0,7) jamoalari egalladi.

Kiritildi: 22:36, 23.04.2026.
O'qildi: 2021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик