Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rasman. Eron JCH-2026 da ishtirok etadi

Rasman. Eron JCH-2026 da ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Eron hukumati rasmiy vakili Fotima Muhojeroniy mamlakat milliy terma jamoasi 2026-yilda AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga borishini ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Avvalroq Eron sport vaziri Ahmad Donyamali geosiyosiy vaziyat tufayli jamoaning mundialda ishtirok etishi imkonsiz ekanini aytgan va FIFA’dan turnirni AQSHdan boshqa davlatga ko‘chirishni talab qilgan edi. Biroq Muhojeroniyning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat o‘zgargan:

“Sport vazirligi milliy terma jamoamizning AQSHda o‘tadigan JCH-2026 da ishtirok etishga to‘liq tayyorligini e’lon qildi. Jamoaning munosib va muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda”, dedi hukumat vakili.

Xabarlarga ko‘ra, Eron futbol federasiyasi xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z o‘yinlarini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha FIFA bilan muzokaralar olib borgan. Shuningdek, Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) ham Eronning turnirda qatnashish niyati qat’iy ekanini tasdiqladi.

Ushbu xabar o‘ta murakkab siyosiy vaziyat fonida yangramoqda. Fevral oyi oxirida AQSH va Isroilning Eronga bergan zarbalari oqibatida 3 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan edi. Aprel oyida e’lon qilingan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish tartibi va Islomoboddagi muzokaralar samarasiz yakunlangan bo‘lsa-da, jangovar harakatlar qayta tiklanmadi. Hozirda AQSH Eron portlarini blokada qilishni boshlagan, xalqaro vositachilar esa tomonlarni yana muzokara stoliga qaytarishga urinmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:50, 23.04.2026.
O'qildi: 2159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик