Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Orif Tolipovdan anons: Artetaning «Arsenal»i

Orif Tolipovdan anons: Artetaning «Arsenal»i

Baho:
+ | -

Mikel Arteta murabbiy sifatida kimdan saboq olib ko‘zi pishganini barchamiz yaxshi bilamiz. Pepning yonida o‘tgan yillar Artetadagi murabbiy shaxsi uchun tajriba, omad, muvaffaqiyat va yana boshqa ko‘plab ijobiyat ekani aniq. Ammo, ispaniyalik mutaxassis hech qachon Artetaning hozirgi vaziyati kabi holatda bo‘lmagan. Shuning uchun undan ustozining uslubi yoki yo‘lini kutish noto‘g‘ri bo‘ladi. Fikrimni izohlashga harakat qilaman.

Gvardiola zamonaviy futbolga o‘z imzosi bilan kirgan, tarix uchun kichik,  biroq futbol uchun yetarli darajada katta bir davr mobaynida hukmron uslubi va o‘yini bo‘lgan "Barselona"ni shakllantirdi. (Kimdir, bu o‘yin Gvardiolagacha ham bo‘lgan, desa, men "ha,  shunday",  - deyman. Bahslashmayman!).

Katalon klubi cho‘qqida ekan o‘sha davrda uning o‘yiniga eng o‘xshash, eng yaqin o‘yin fikrimcha "Arsenal"da edi. Illo, Venger faoliyatining katta bir qismi faqatgina uning jamoasigagina xos bo‘lgan jarohatlar bilan o‘tdi. Bu yerda ligalar o‘rtasidagi farqli holatlar ham o‘ta muhim rol o‘ynagan. Ispan futbolidagi ruhiyat tiki-taka uchun o‘ta ideal. Ammo, APLda vaziyat boshqacha. Ruhiyat o‘zga, tezlik va kurash ritmi baland. Bu yerda sanoqsiz mayda uzatmalar ustiga o‘yinni qurish uchun tarkib egiluvchanligi juda yuqori bo‘lishi darkor. Ya’ni, keng va muhtasham (ikki) tarkib zarur. Arsenga "Arsenal"da shuning yo‘qligi pand berdi. Gvardiolaning o‘zi MSda buni aynan o‘sha muhtasham imkoniyatlar va bitmas-tuganmas resusrlar orqali uddaladi.

Muammo shundaki, “Arsenal” rahbariyati hali ham katta maqsadlarni amalga oshirishga qodir tarkib shakllantirish fikri, xohishi va irodasidan yiroq. Arteta iloji boricha ustozining emas, o‘zining xos uslubi va yo‘lini topgani ma’qul. Biroq, bu albatta tiki-takaga zid bo‘lishi yoki undan olisda bo‘lishi shart ham emas. Ya’ni, yangilik ixtiro qilish emas, borini mukammalashtirish, o‘z futbolchilari imkoniyatlaridan kelib chiqib shakl berish lozim.

O‘zi nega Arteta haqida yozdim. Yana sanoqli daqiqalardan so‘ng Futbol TV telekanilida uning jamoasi ishtirokidagi o‘yin translyasiyasi boshlanadi. O‘yindan o‘yinga uning murabbiy sifatidagi arsenalida qanday qurollar borligi haqida tasavvur hosil bo‘lmoqda. Hali yakuniy fikrlarga ertaligi rost. Lekin, aynan mana shu Artetaning arsenalidagi qurollar “Arsenal”ning istoqbolini belgilaydi.

Ko‘ramiz, bugun nima bo‘lar ekan?!

Futbol TV, Coat 19:00
“Byornli” – “Arsenal”

Manba: https://t.me/tolipovorif
Kiritildi: 18:22, 02.02.2020.
O'qildi: 4115 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик