Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“Real Madrid”ning yangi yulduzi haqida qiziqarli faktlar

“Real Madrid”ning yangi yulduzi haqida qiziqarli faktlar

Baho:
+1 | -

“Real Madrid”ning yangi yulduzi haqida qiziqarli faktlar

 

Sovuqqon urugvaylik futbolchi Federiko Valverde “Real Madrid” jamoasining asosiy tarkibiga osonlik bilan kirib kelganidan xabaringiz bor. Qisqa fursatda top darajadagi yarim himoyachiga aylangan Valverde haqida qiziqarli faktlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

 

Qahramonimiz 1998-yilning 22-iyul sanasida Urugvay poytaxtida tavvalud topadi. Uning ota-onasi o‘rta hol hayot kechirar va og‘lining futbolga bo‘lgan munosabatini doimmo qo‘lla-quvvatlab kelishgan. O‘zining ilk jamoasidayoq mehnatkashligi sababli “qushcha” laqabini ortirib olgan futbolchining o‘yin manerasi hali-hanuzo o‘zgarganicha yo‘q.

 

9 yoshida mahaliy “Penyarol” jamoasida safiga qo‘shilgan yarim himoyachi juda tez ulg‘aydi. Boz ustiga, yoshligidagi kumiri Diyego Forlanning “Penyarol”ga o‘tishi unga ruhiy katta dalda bo‘ladi.

 

Urugvay chempionatida 3 ta o‘yin o‘tkazgan 17 yoshli Ferederiko ko‘p o‘tmay Madridning “Real” klubi tomonidan 5 million yevro evziga sotib olinadi. Futbolchi 2016-yilda o‘zining tug‘ilgan kuni sanasida “Real” bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ladi.

 

Qahramonimiz avvaliga “Real Madrid”ning ikkichi jasoasida, keyin 3 dvizionda harakat qilgan bo‘lsada, sovuqqonlikni yo‘qotgani yo‘q. Santiyago Solari qo‘l ostida ikkinchi jamoada harakat qilgan futbolchi mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda yakunladi va Janubiy Koreyada o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi JCHga yo‘l oldi.

 

“Qushcha” JCHda o‘zini to‘liq namoyish etishni uddaladi. Jamaosining sardori sifatida kichik mundialda ishtirok etgan “Fede” Urugvay bilan yarim finalga qadar yetib boribgina qolmay, musobaqaning “kumush to‘p” sovrini bilan taqdirlanadi. “Oltin to‘p” Angliya yoshlari sardori Dominiko Solankega nasib etadi.

2017-yil boshida futbolchini “Real Madrid”da debyut qilishga tayyor bo‘lmagni uchun “Deportivo”ga ijara asosida jo‘natib yuborishdi. Afsuski, “Depor” “La Liga”an tushib ketdi. Shunga qaramay, bu mavsum Valverde uchun chinakam tajriba maktabi sifatida yodida qoldi.

 

2017-yilning sentyabr oyida Federiko Urugvay milliy jamoasi libosidagi ilk golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Qahramonimiz tomonidan 76 daqiqada Paragvay darvozasiga kiritilgan gol yakunda hal qiluvchi bo‘ldi va Urugvay “Rossiya 2018” chiptlarini qo‘lga kiritdi. Barchasi ko‘ngildagidek ketayotgan edi, biroq Valverdening jarohati hammasiga nuqta qo‘ydi. “Betis”qa qarshi o‘yinda olingan jarohat Valverdeni hayotidagi eng katta musobaqadan mahrum qiladi. U JCHda ishtirok eta olmadi.

 

Federikoning mehnatkashligi nafaqat maydonda, balki mashg‘ulotlar chog‘ida ham barchani hayron qoldirmay qo‘ymaydi. Aynan mehnatkashligi bois, Lopotegi uni AQSHdagi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlariga olib ketadi va asosiy jamoada ro‘yxatda o‘tkazadi.

 

Valverdening “Real Madrid” safidagi debyut uchrashuvi 2018-yilning 18 noyabr sanasida amalga oshadi. Qahramonimiz YECHL doirasida “Viktoria”ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida maydonga tushadi.

 

Lopotegi ishdan ketgach, Valverde bilan yoshlar jamoasida ishlagan Santiyago Solari uning o‘rnini egalladi. Murabbiy Valverdeni yaxshi bilgani uchun hech qanday muammo bo‘lmadi. Solarining iste’fosi esa, Federiko uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Aynan Zidan undagi mehnatkashlikdan yuz foiz foydalanish uslubini o‘ylab chiqishga muvaffaq bo‘ladi.

 

2019-yilning noyabr oyida Valverde “Eybar” darvozasiga o‘zining “qirollik klubidagi” ilk golini kiritdi. Aynan noyabr oyida ilk bor futbolchi klub tomonidan oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida qayd etildi.

“Real Madrid” Zidanning taklifiga ko‘ra, urugvaylik futbolchi bilan tuzilgan shartnomani qayta ko‘rib chiqdi va undagi ayrim bandlarga o‘zgartirish kiritdi. Ayni damda “Fede”ning transfermarket portalidagi narxi 50 million yevroni tashkil etayotgan qaramay, Madrid klubi uning tavon pulini 750 milliona ko‘tarib qo‘ydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:11, 06.02.2020.
O'qildi: 10958 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.