Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Xayrulla Hamidovdan anons: Milan derbisi darajasi oshmoqda

Xayrulla Hamidovdan anons: Milan derbisi darajasi oshmoqda

Baho:
+1 | -

"Lasio" bosim ostida qolishni boshlagandiki, muhim ochkolarni boy bermoqda. Uyida 0:0 hisobidagi durang. "Verona" yaxshiroq o‘ynagan qizig‘i...

Endi Konte Milan derbisiga xotirjam taraddud ko‘rsa bo‘laveradi — ikkinchi o‘rindan tushmadi.

Sezyapsizmi, Milan derbisi darajasi oshmoqda?! Yaqinda o‘tgan Rim derbisi singari bizga shiddatli onlarni ulashmoqchi:

"Inter" o‘ninchi yillar boshidan beri endi-endi chempionlik kurashida, "Milan" esa, Zlatan kelgach ko‘zini uyqudan ochdi.

Milan derbisida mezbon-mehmon darajasi yo‘qligi uchun ham kurash zo‘r kechadi. Bitta stadion, tanish chehralar, millioninchi marta to‘qnashuv...

Ha, Italiya futboliga baribir boshqacharoq qarayman. Ayniqsa, derbilariga. Yakshanba oqshomida kechadigan bahs, ishoning, haftangizning bezagi bo‘ladi. Parallel vaqtga "Betis" - "Barselona" (Setyen sobiq jamoasiga qarshi) va PSJ - "Lion" o‘yinlari qo‘yilgan. La liga va Fransiya chempionatiga achindim)

Milanlik tifozilar hozirdanoq petardalarni tayyorlashyapti. Ehtiyot bo‘lasiz!

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 10:32, 06.02.2020.
O'qildi: 3602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик