Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

“Liverpul” bu mavsumda qanday rekordlarni o‘rnatishga yaqin turibdi?

“Liverpul” bu mavsumda qanday rekordlarni o‘rnatishga yaqin turibdi?

Baho:
+ | -

Angliyaning “Liverpul” jamoasi chempionlik uchun dadil odimlayotganidan xabaringiz bor. Klopp shogirdlari ushbu mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishmoqda. Barcha Yurgen Klopp shogirdlarida “Arsenal” amalga oshirgan mag‘lubiyatsiz seriyani qayta namoyish etishni kutmoqda. Hozircha bu rekord haqida so‘zlashga ancha erta. Keling, ayni damda “Liverpul” o‘rnatishga yaqin turgan rekordlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Mavsum davomida eng kam gol o‘tkazib yuborgan jamoa

Bu boradagi rekord Londonning “Chelsi” jamoasiga tegishli. “Aristokratlar” Joze Mourinyo  ilk chempionlikni qo‘lga kiritgan yili  mavsum davomida atigi 15 ta gol o‘tkazib yuborgan. Bu APLdagi mutloq rekordlardan biri. “Liverpul” ayni damda o‘z darvozasidan 15 ta gol olib chiqib bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, qolgan 13 ta tur davomida gol o‘tkazib yuborilmasa, jamoa APL tarixiga o‘z nomini yozdirib qo‘yish imkoniga ega.

Eng uzun g‘alabali seriya

2017/18-yilgi mavsumda “Manchester Siti” APL tarixidagi eng uzun g‘alabali seriyani amalga oshirgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Pep Gvardiola shogirdlari ketma-ket 18 ta o‘yinda g‘alaba qozonishni uddalagan mavsum “shaxarliklar”ning chempionligi bilan yakunlangan edi. Ayni damda “Liverpul” hisobida 16 ta ketma-ket qo‘lga kiritilgan g‘alaba mavjud. Qaytarib bo‘lmasdek tuyulgan rekordni yangilash uchun Klopp shogirdlarida oldindagi 3 ta turda (“Norvich”, “Vest Hem”, “Uotfurd”) g‘alaba qozonishlari talab etiladi.

Eng ko‘p assistni amalga oshirgan futbolchi

Bu boradagi rekord deyarli 20 yildan beri Tiyeri Anriga tegishli bo‘lib turibdi. Fransiyalik futbolchi 2002/03-yilgi mavsumda 20 ta assistni amalga oshirishni uddalaganida, bu ko‘rsatgichni boshqa futbolchi yangilashi ilojsizdek tuyulgan edi. Ayni damda  Trend Aleksander Arnold hisobida 10 ta golli uzatma mavjud. U afsonaviy Anri amalga oshirgan ishni qaytalishi uchun qolgan turlar davomida yana 10 ta uzatmaga mualliflik qilishi shart.

APL tarixidagi eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa

So‘nggi yillarda “Liverpul” va “Manchester Siti” qarama-qarshiligi “el-klassiko” darajasiga chiqib olgani rost. Gvardiola va Klopp o‘rtasidagi taktik kurashlar hafta davomida turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. APL tarixida eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoa “Manchester Siti” sanaladi. “Shaxarliklar” bundan 2 yil ilgari chempionlikni 100 ochko bilan qo‘lga kiritishgan edi. Ayni damda, Yurgen Klopp shogirdlarida bu rekordni azaliy raqibdan tortib olish imkoniyati mavjud. Grafik bo‘yicha “Liverpul” barcha o‘yinlarni g‘alaba bilan yakunlashi ham shart emas. Umumiy qilib aytganda, Klopp Gvardiolaning eng mashxur rekordlaridan birini o‘zlashtirib olish uchun qulay imkoniyatga ega.

Eng erta chempionlik

Shu kunga qadar birorta APL klubi “Manchester Yunayted” singari erta chempionlikni nishonlay olmaganidan xabaringiz bo‘lmasa kerak. “Qizil iblislar” 2000/01-yilgi mavsumda o‘ziga hos rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishgan edi. Gvardiola jamoasi 100 ochko to‘plagan mavsumda ham “qizil iblislar”dan avvalroq chempionlikni nishonlay olmagani e’tiborga molik. Yangi asrning ilk chempionligini “Manchester Yunayted” 14-aprel sanasida rasmiylashtirgan edi. Ayni damda “Liverpul” 19 yillik rekordni yangilashga juda yaqin turibdi. Hisob-kitoblarga qaraganda, Klopp shogirdlari 4 aprel sanasidayoq (“Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvda) rasman APL chempionligini qo‘lga kiritishlari mumkin. Agar, “Siti” ochkolarni boy berib qarashib yuborsa, bu rekord mart oyidayoq “Liverpul” hisobiga yozilishi hech gap emas.

APL chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi nemis murabbiyi

Eng qizig‘I shundaki, shu kunga qadar birorta germaniyalik murabbiy APL bosh sovrinini boshi uzra ko‘tarmagan. Shuningdek, birorta nemis mutaxassi Angliyadagi ichki birinchiliklarning birorta sovrinni ham qo‘lga kiritmagan. Qiziqarli statistika. So‘nggi 30 yil davomida Angliyada atigi 4 ta nemis mutaxassisi ishlagan xolos. Agarda, Yurgen Klopp “Liverpul” bilan APL chempionligini qo‘lga kiritsa, Angliyadagi ichki sovrinni yutib olgan  birinchi nemis mutaxassisi sifatida mutloq rekord o‘rnatishi mumkin.

Shuningdek, Salah (Misr), Mane (Senegal), Keyta (Gvineya) o‘z yurtida APL g‘olibligini qo‘lga kiritgan birinchi futbolchi bo‘lishi mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:19, 07.02.2020.
O'qildi: 5546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.