Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Klopp yoki Gvardiola? Kim kuchliroq?

Klopp yoki Gvardiola? Kim kuchliroq?

Baho:
+ | -

Stadion.uz statistikadan foydalanib dunyoning eng kuchli ikki murabbiyi o‘rtasida kichik jangni uyushtirishga urunib ko‘radi.

Kimning mehnat daftarchasi kattaroq?

Ispaniyalik murabbiy katta futbolga kirib kelganida 13 yildan oshib ketdi. O‘zining professional faoliyatini 2007 yilda “Barselona”da boshlagan murabbiyning havas qilsa arzigulik yutuqlarni mavjud. Uning bugungi “raqibi” Yurgen Kloppda murabbiylik tajribasi 6 yilga ko‘proq. Nemis mutaxassisi o‘zining birinchi ishini Germaniyaning “Mayns” jamoasida boshlagan. “Liverpul”ni esa, 2015 yildagina qabul qilib oladi.

Jamoaviy yutuqlar kimda ko‘proq? (Gvardiola (28) Klopp(8))

Bu borada yaqqol ustunlik Gvardiola tomonida.Afsuski, Yurgen o‘zi ishtirok etgan 8 ta finalning atigi 2 tasidagina g‘alaba qozongan xolos. Pep ikki bor YECHL, 3 bor UEFA super kubogi va 3 bor klublar o‘rtasidagi JCHda g‘olib chiqishni uddalagan. Bu sovrinlarni Klopp hozircha bir donadan qo‘lga kiritgan.

Kim ko‘proq pul sarf etgan?

Bu borada “ustunlik” ispaniyalik murabbiyda. Pep o‘z faoliyati davomida transferlar uchun1,15 millard yevroni sarf qilishga ulgurdi. Bu raqamalar tez orada yanada kattalashish aniq. Yurgen esa, bu borada biroz kamtarin natija(648 million yevro) qayd etmoqda. Shu o‘rinda unutmaslik lozim-ki, Gvardiola qabul qilib olgan jamoalarda Messi, Xavi, Inyesta, Buskets, Pike, Dani Alves, Myuller, Robben, Riberi, Noyer, Aguero, David Silva, De Bryuyne, Sterling singari yulduzlar bo‘lgan. Ana shunday ijrochilarga ega bo‘lib ham shuncha pulni sarf etgan Gvardiolaga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q.

Klopp ispaniyalik murabbiydan farqli o‘laroq, ba’zi mavsumlarni transferlarsiz boshlashga ham majbur bo‘lgan. Soddaroq qilib aytganda, unga hech qachon Gvardiola singri transferlarsiz super yulduzlar bilan ishlash imkoni topshirilmagan.

Kim ko‘proq transfer daromad olgan?

Bu jihat borasida deyarli tenglik kuzatilmoqda. Shu kunga qadar Gvardiola jamoalari transfer bozorida futbolchi sotishdan 450 million yevro daromad olgan. Kloppning jamoalarida bu ko‘rsatgich 462 million yevroga teng. Shunga qaramay, unutmaslik lozim-ki, Klopp doimmo o‘zi uchun qadrli bo‘lgan super yulduzlarni (Koutino, Shahin, Kagava, Gyotze) sotishga majbur bo‘lgan. Pep esa buning tamomila aksi. U doimo o‘zi uchun keraksiz bo‘lgan yoki jamoa uchun naf bermaydiganlarnigini qo‘yib yuborgan.

O‘zaro o‘yinlarda kim g‘olib?

Yurgen Klopp bu ko‘rsatgich borasida so‘nggi yillarda oldinga o‘tib olishni uddaladi. Ayni damda uning hisobida o‘zaro to‘qnashuvlarda 9 ta g‘alaba mavjud. Gvardiolada esa 7 ta. Yana ikkita uchrashuvda durang qayd etilgan.

Personal muxlislar soni

Bu borada soatlab tortishish mumkin. Yaqinda “the times” nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra Yurgen Klopp g‘alaba qozongan. Ispaniyada o‘tkazilgan ana shunday so‘rovnomada Gvardiolaning qo‘li baland kelgan.

Ochig‘i bu barcha futbol muxlisining shaxsiy fikri. Shu sababli, bu borada hech kimga ustunlikni taqdim etmoqchi emasmiz. Sizning qaysi murabbiy kuchliroq? o‘z fikringizni komentlarda yozib qoldiring.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:52, 08.02.2020.
O'qildi: 2915 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.