Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Ravshan Ermatov yana bir rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Ravshan Ermatov yana bir rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Abdujabbor Abdusattorovich Abduvohidov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati va xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishga raislik qilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.Abduvohidov so‘nggi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan keng islohotlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga mazkur soha taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, ayniqsa aholining salomatligini mustahkamlashda ommaviy sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish zarurligiga urg‘u qaratildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida vazirlik rahbariyatida tashkiliy o‘zgarishlar yuz berganligi ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori bilan Ermatov Ravshan Sayfiddinovich jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Shukurov Elbek Habibullayevich esa jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ravshan Ermatov – 1977 yil 9 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995-1999 yillarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti)da tahsil olgan. R.Ermatov o‘zining mehnat faoliyatini Respublika oliy sport futbol maktabida murabbiy sifatida boshlab, keyinchalik “Chig‘atoy” futbol oliy sport mahorati maktabi murabbiyi, O‘zbekiston futbol federasiyasi xalqaro markazi murabbiyi, 2004-2010 yillarda esa futbol bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiyi, 2010 yildan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2019 yildan hozirga qadar O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti lavozimlarida ishlagan.

Ravshan Sayfiddinovichning mamlakat futboli rivoji yo‘lidagi ulkan xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib e’tirof etilgan holda 2010 yilda “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni, 2014 yilda “El-yurt hurmati” ordeni, 2015 yilda esa “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

Ta’kidlash joiz, Ravshan Ermatov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 21:02, 08.02.2020.
O'qildi: 5217 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.