"Osasuna" yarimhimoyachisi Roberto Torres Ispaniya chempionatining 23-turida "Real" bilan bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ular Ispaniya kubogidan chiqib ketgandan keyin xavfliroq bo‘lishadimi yoki yo‘q buni bila olmaysiz.
- Biz bu chempionatning eng yaxshi jamoasi ekanligini bilamiz. Turnir jadvali ham buni aytib turibdi. Uch ochko olishimiz uchun mukammal o‘yin namoyish etishimiz kerak - dedi futbolchi.