«Yuventus» yarim himoyachisi Duglas Kosta Italiya chempionatining 23-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Verona»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Turinliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ar, braziliyalik futbolchining chap oyog‘idagi mushagi lat yegan. 29 yoshli futbolchining tiklanishi uchun 15-20 kun vaqt kerak bo‘ladi.
Kosta ushbu mavsumda «Yuventus» safida 17ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.