Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Ko‘rishingiz shart! Futbol haqidagi eng yaxshi 5 serial (VIDEO)

Ko‘rishingiz shart! Futbol haqidagi eng yaxshi 5 serial (VIDEO)

Baho:
+ | -

Futbolchilarning tarjimai hollari yoki futbol haqidagi to‘liq metrajli filmlar endi hech kimni ajablantirmaydi. Ammo bir necha yil oldin hamma narsa o‘zgardi – serial hujjatli filmlarning o‘rnini egalladi. Dastlab “Amazon” seriallar ishlab chiqarishni boshladi va keyinchalik “Netflix” qo‘shildi.

Maqsad – futbol jamoalarining mavsumi haqida serial suratga olish. Jurnalistlar va operatorlar jamoasiga butun mashg‘ulot jarayoniga kirish imkoni beriladi, ular deyarli hamma narsani suratga olishlari mumkin (ba’zan yashirin videokameralar yordamida) va mavsum so‘ngida yilning muhim lahzalari haqida 6-10 ta qismlar chiqadi. Ushbu format AQSHda NFL jamoalariga (professional Amerika futbol ligasi) asoslangan edi va keyinchalik Yevropaga ko‘chdi.

Bugungi sahifamizda futbol haqidagi eng yaxshi seriallardan oltitasi haqida ma’lumot beramiz.

“All or Nothing: Manchester City”

"Manchester Siti" seriali “Amazon”ning Amerika futbolidan tashqaridagi birinchi loyihasi edi. Kompaniya Angliyaning "Manchester Siti" klubiga 2017/18 mavsumda jamoaning barcha o‘yinlariga kirish uchun 10 million funt sterling to‘ladi. O‘sha yili "Manchester Siti" Angliyadagi uchta tituldan ikkitasini qo‘lga kiritdi va shuningdek, Premyer-ligada to‘plangan ochkolar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi – 100. Filmni suratga olish paytida, albatta, bunday natijalar yo‘q edi, “Amazon”ning “shaharliklar”ni tanlashi shunchaki omadli keldi.  Taxminan 50 daqiqa davom etgan 8 ta epizod chiqdi. "Manchester Siti"ga bunday hujjatli serial formatini shunchalik yoqdiki, keyingi mavsumda ular o‘zlari shunga o‘xshash loyihani suratga olishdi – "Fight 'Til The End " – 2018/19 mavsumining so‘nggi 30 kuni.

“First Team: Juventus”

“Netflix” “Amazon” bilan parallel ravishda "Yuventus" mavsumi haqidagi loyiha ustida ish boshladi. Bu jamoaning mavsumdagi o‘yinlarini hujjatlashtirish uchun birinchi urinish edi. Farq material taqdimotida bo‘lgan: agar “Amazon” mavsum oxirida barcha 8 ta epizodni chiqargan bo‘lsa, “Netflix” qishda uchta epizodni (yozning birinchi yarmida) va yozda uchta epizodni chiqardi. "Yuventus" so‘nggi epizodlarning birida darvozabon Janluiji Buffon bilan xayrlashdi (keyinchalik qaytib keldi).

“Premier Passions va Sunderland Til I Die”

“Sanderlend” – hujjatli seriallarni suratga olish nuqtai nazaridan Angliyadagi eng ommaviy media klublaridan biri. Klub haqida birinchi bo‘lib “Premier Passions” serialida 1998 yilda “Bi-bi-si”, keyin esa, oradan yigirma yil o‘tib “Netflix” hikoya qiladi. Umumiy xususiyat: ikkala serial ham "Sanderlend" Premyer-ligadan chiqib ketgan mavsumda suratga olingan. “Premier Passions” sport hujjatli kinosan’ati uchun chinakam yutuq bo‘ldi – serialning yaratuvchilari "Sanderlend" yechinish xonasiga to‘liq kirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, serialda klub bosh murabbiyi Piter Reydning o‘yin oldidan yoki tanaffus paytida juda ko‘p motivasion nutqlari aks etadi, ularning aksariyati beadab tilda. " Sunderland Til I Die”da yechinish xonasidagi kadrlar yo‘q – klub bosh murabbiyi Kris Koulman ularni taqiqlab qo‘ydi. Serial klub chempionatni tark etishi va biznesmen Styuart Donald tomonidan "Sanderlend" sotib olinishi bilan yakunlanadi. Bu jamoaning ketma-ket ikkinchi bor APLdan tushib ketishi edi. “Netflix” ikkinchi mavsumda serialni davom ettirdi.

“Class of '92: Out of Their League”

Futbol haqidagi hujjatli mini-serialning yana bir misoli. Britaniyaning “Bi-bi-si” kompaniyasi 2015 yilda Class of '92: Out of Their Leaguening to‘rtta qismini (ikki faslga bo‘lingan holda) yaratdi: ular “Salford” klubini sotib olgan sobiq «Manchester Yunayted» o‘yinchilari haqida. Asosiy qahramonlar – sobiq futbolchilar, hozirda "Salford" egalari – Fil Nevil, Gari Nevil, Rayan Giggz, Pol Skoulz va Nikki Batt. Ular noodatiy vaziyatga tushib qolishadi, ular futbolchilar emas, futbol funksionerlari bo‘lishadi. "MYU"ning sobiq futbolchilari "Salford"ni sotib olishganda, klub ingliz futbolining 8-divizionida edi, 5 yil ichida klub to‘rtta diviziondan o‘ta oldi va hozirda 4-ligada o‘ynayapti. Serial Giggz va kompaniya rahbarligidagi "Salford"ning dastlabki yillari haqida hikoya qiladi.

"This is Football"

Sizningcha, barcha futbol seriyalari taktika va o‘yinchi tajribasi bilan bog‘liqmi? Yo‘q! Masalan, 2019 yilda “Amazon” butunlay boshqa uslubdagi " This is Football" loyihasini chiqardi. Asosiy g‘oya – futbolning kuchi haqida hikoya qilish: bu voqeani hikoya qilish kabi emas. Umuman olganda, birinchi mavsumda oltita epizod chiqdi, unda tomoshabinlar oltita mutlaqo boshqa vaziyatlarni tomosha qilishlari mumkin. Birinchi voqea Ruandada tinchlikni tiklashga futbol qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida. Ayollar futboli, Islandiyada o‘ynashning ahamiyati va Lionel Messining iste’dodi haqida. Bir so‘z bilan aytganda, agar siz ilhom olishni istasangiz va yana futbolning ijtimoiy ahamiyatini yoqtirsangiz, bu aynan sizga kerakli serial.

Manba: soccernews.ru

Сериал номларини таржимасиз қолдирдик, қидириб топишингиз учун осон бўлади. Сабаби ушбу сериаллар фақат инглиз тилида, аммо футболни севадиганлар инглиз тилини унчалик тушунмасалар ҳам сериаллардан завқланишади.

Kiritildi: 16:56, 12.02.2020.
O'qildi: 3847 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.