Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

O‘FA kelishilgan o‘yinlarga qarshi jiddiy kurashni boshladi

O‘FA kelishilgan o‘yinlarga qarshi jiddiy kurashni boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, 2019 yil 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Mazkur farmonda 2020 yildan boshlab ayniqsa, futbol sohasida bevosita faoliyat olib boradigan shaxslar tomonidan totalizator o‘ynash, o‘yinga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishilgan o‘yinlar uyushtirish, ularda ishtirok etish jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilishi masalasiga alohida urg‘u berilgan.

Shu boisdan yurtimizda 2020 yilgi futbol mavsumi starti oldidan O‘FAning mas’ul xodimlari tomonidan Coca Cola Superliga hamda Pro-ligada ishtirok etuvchi har bir futbol klubi a’zolari uchun kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash mavzusida davra suhbatlari tashkil etilib, bu borada tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

O‘tkazilayotgan davra suhbatlari davomida O‘FAning mas’ul xodimlari tomonidan 2019 yilda kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi taqdim etilib, 2020 yilda bu borada yanada jiddiy ish olib borilishi ma’lum qilinmoqda. Zero, joriy yildan e’tiboran kelishilgan o‘yinlar tashkil qilish, bu kabi o‘yinlarda ishtirok etish nafaqat O‘FA tomonidan, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ham nazorat va tahlil etib boriladi.

Shu sababli klublar xodimlari, futbolchi va murabbiylari uchun davra suhbatlari tashkil etilib, totalizator o‘ynash, uchrashuv natijasiga ta’sir o‘tkazish uchun kelishilgan o‘yinlar tashkil qilish, ularda ishtirok etish holatlarini bartaraf qilish, shu kabi o‘yinlarda qatnashishga undash holatlari uchraganda esa birinchi navbatda tegishli organlar hamda O‘FAni xabardor qilish lozim ekani borasida tushuntirish olib borildi.

Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha bu kabi amaliy ishlar yil davomida uzluksiz tarzda davom ettiriladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:58, 14.02.2020.
O'qildi: 3680 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик